“Sharq” ichida yana bir Sharq? Global ramzlarning “strategik essensializmi” va milliy narrativlarning taktik essensializmi markazidagi Markaziy Osiyo
Tashabbus nomidan kirish
Biz, O‘zbekiston qaysi global qutblarga mansubmiz? Sharqmizmi? Balki Global Janubdirmiz? Yoki O‘rta Osiyo davlatlari bilan birga qandaydir o‘ziga xos boshqa o‘lchovga egadirmiz? U yoki bu ijtimoiy-siyosiy mavzularga bag‘ishlangan suhbatlarda “Global Shimol” va “Global Janub” tushunchalariga duch kelish mumkin. Sovet davlati va uning ketidan sotsialistik tuzumlar qulashi bilan Global G‘arb va Sharqqa yoki birinchi, ikkinchi va uchinchi dunyolarga farqlash o‘z dolzarbligini yo‘qotdi. Asosiy geosiyosiy va shu bilan birga epistemologik bo‘linish endi Global Janub (rivojlanayotgan davlatlar) va Shimol (rivojlangan davlatlar) orasida bo‘lmoqda. Xoh gap ekologik muammolarga yechim izlash kontekstida bo‘lsin, xoh iqtisodiy boylik va siyosiy qudrat haqida — dunyo oxirgi 30-yillarda faqat ushbu ikki qutb orqali o‘zini anglamoqda.
Ushbu qarash va bo‘linishni savol ostiga olishga uringan tadqiqotchi Martin Myuller, “Global Sharq” tushunchasini kiritish zaruriyati haqida o‘zining “Global Sharqni qidirib: Shimol va Janub orasida tafakkur qilib” nomli 2020-yilda chop etilgan maqolasida ilgari suradi. Global Sharq faqat geografik o‘lchov emas, balki avvalambor siyosiy bir loyiha o‘laroq post-sovet davlatlarini o‘z ichiga oluvchi va bu yo‘lda strategik essensializmga (mushtarak maqsad uchun ichki ixtiloflardan voz kechish) tayanuvchi davlatlarning xayoliy epistemologik va siyosiy birligi sifatida taqdim etiladi. Myullerning fikricha ushbu davlatlar siyosiy va iqtisodiy qudrati va tafakkuri nuqtayi nazardan xam Global Shimoldan xam Global Janubdan farq qiladi. Shimol uchun yetarli darajada boy bo‘lmasa, Janub uchun yetarli kambag‘al emas. Umumiy o‘tmish bo‘lmish kommunizmni qurishga bo‘lgan harakat go‘yo umumiy maxrajni beradi, mushtarak tafakkur nuqtalarini o‘zida jamlaydi. Global Shimol va Janub oralig‘ida joylashib ular orasida o‘ziga xos ko‘prik funksiyasini bajaradi, degan qarashni oldi suradi tadqiqotchi.
Hozirgi kungacha maqolaga 294 marotaba iqtibos keltirilib, o‘rtaga tashlangan taklif qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Shu bahs-munozaralardan biri «Sotsiologicheskoye obozreniye» jurnalining 2020-yil uchinchi sonida bo‘lib o‘tdi. Sizga taqdim etayotgan matnimiz O‘rta Osiyolik ikki tadqiqotchilar — Nari Shelekpayev va Aminat Chokobayevalarning Martin Myullerning maqolasiga javobi maqola: “Sharq” ichida yana bir Sharq? Global ramzlarning “strategik essensializmi” va milliy narrativlarning taktik essensializmi markazidagi Markaziy Osiyo”.
Maqolaning qisqa mazmuni bilan uning kirish qismida tanishib chiqishingiz mumkin. Keyingi ikki hafta mobaynida ushbu maqoladan iqtiboslar keltirib boramiz.
Chop etilayotgan maqolaning original nomi — Шелекпаев, Нари, and Аминат Чокобаева. "Восток внутри «Востока»? Центральная Азия между «стратегическим эссенциализмом» глобальных символов и тактическим эссенциализмом национальных нарративов." Социологическое обозрение 19.3 (2020): 70-101.
Tarjimon — Nozima Olimova
Qisqa mazmuni
Martin Myuller o‘zining “Global Sharqning izidan tushish: Shimol va Janub o‘rtasidagi fikrlar” sarlavhali maqolasida postsotsialistik davlatlarning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni, ularning dunyoni anglash borasidagi tasavvuroti, shuningdek ushbu mamlakatlarda o‘zlari haqidagi bilimlarni ishlab chiqish borasida yangi bo‘lmasa-da, bir qator radikal fikrlarni ko‘rib chiqadi. Bu maqola esa Myullerning yuqoridagi maqolasiga javob bo‘lib, maqolada “Global Sharq”ning ajralmas qismi bo‘lgan mintaqa — O‘rta Osiyo tarixnavisligi haqida fikr yuritiladi. Biz ushbu maqolaning birinchi qismida Myullerning yondashuvini ko‘rib chiqamiz va nima uchun uning keltirgan xulosalari tarixiy nuqtayi nazardan bizga bahsli bo‘lib kuzatilganini tahlil qilamiz. Maqolaning ikkinchi qismida biz Markaziy Osiyo haqida ishlab chiqilgan "tashqi" va "ichki" bilimlarga e’tibor qaratamiz va javob paradigmasi sifatida "taktik essenizm"ni taklif qilamiz, fikrimizcha hozirgi vaqtda mintaqada tarixiy narrativlar ishlab chiqish bo‘yicha bu eng yaxshi tavsiflovchi versiya hisoblanadi. Ikkala tushunchalar o‘rtasidagi farqlarga qaramasdan, bizningcha "strategik" va "taktik" essensializm mohiyatan bir xil jarayon bo‘lib, sovet o‘tmishini postsotsialistik tadqiqotchilarning etosidan siqib chiqarishga (yoki uni o‘rniga boshqa narrativlar bilan almashtirish) qaratilgan urinishlar sifatida ko‘rmoqdamiz.
Martin Myuller o‘zining “Global Sharqni izlash: Shimol va Janub o‘rtasida fikrlar” sarlavhali maqolasida bir qancha radikal, biroq yangi bo‘lmagan g‘oyalarni — (ChioniMoore, 2001; Mignolo, 2014; Tlostanova, 2015; Gille, 2016) postsotsialistik davlatlarning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni shuningdek, ushbu davlatlarda o‘zlari haqidagi bilimlarni ishlab chiqishi haqidagi fikrlarni taqdim etadi. Ushbu maqola esa Myuller keltirgan matnga javob bo‘lib, “Global Sharq”ning ajralmas qismi bo‘lgan Markaziy Osiyo tarixnavisligi haqidagi fikrlarni o‘z ichiga oladi (Myuller, 2018: 5). Biz o‘quvchiga ushbu mintaqa bo‘yicha barcha mavjud tadqiqotlarning batafsil talqinini taqdim etmoqchi emasmiz. Aksincha, "ichki" va "tashqi" bilimlarning o‘zaro ta’sirini, bu bilimlarning mintaqani konstruksiv va mahalliylashtirishdagi rolini, shuningdek, postsovet davridagi dunyoda tutgan o‘rnini muammoli deb o‘rganadigan subyektiv nuqtayi nazardir. Ushbu matnda ko‘rib chiqiladigan ko‘plab jihatlar allaqachon boshqa tadqiqotchilar tomonidan ko‘rib chiqilgan (Adams, 2007; Abashin, 2015; Cameron, 2018: 185; Kudaibergenova va boshqalar, 2019). Bizning esse Myullerning Global Sharq loyihasi bilan bog‘liq mavjud mujodalalarni umumlashtirish va tanqidiy ko‘z bilan qayta ko‘rib chiqishga chaqiradi.
Asosiy mavzuni muhokamasiga o‘tishdan oldin, Myuller maqolasining asosiy tezislari haqidagi tushunchamizni umumlashtirishga urinib ko‘ramiz. O‘sha xulosalarning mohiyatiga ko‘ra, bizningcha, quyidagicha keltiriladi: Sovuq urush tugaganidan beri "G‘arb" va "Sharq" bloklari o‘rtasidagi qarama-qarshilik tugagandan so‘ng, "G‘arbiy" va "Sharqiy" bloklar o‘rtasida, ya’ni ikkinchisining o‘rnida "Global Shimol" va "Global Janub" bilan bog‘liq epistemologik chegaralar va konnotatsiyalardan tashqarida joylashgan bo‘shliq paydo bo‘ladi. So‘ng muallif Sovuq urush davrida sobiq Sharq bloki va dunyoning qolgan qismi o‘rtasida mavjud bo‘lgan aloqalar va bog‘liqliklarni ta’kidlab, "Sharq" ni tadqiqotchilarning mental xaritasiga qaytarishni taklif qiladi. Bu o‘z navbatida, Sovuq urush natijasida shakllangan qoldiq optikasi tufayli hali hanuzgacha monadlar sifatida qarashlar davom etayotgan dunyo qismlari o‘rtasidagi chegaralarni qayta ko‘rib chiqishga imkon beradi. Umuman olganda, biz Myullerning dunyoni o‘rganishdagi bunday transmilliy yondashuv uchun zarur bo‘lgan inklyuzivlik hamda tadqiqotchilarning mental xaritalarida “Sharq”ning tutgan o‘rni haqida tanqidiy qarash haqidagi chaqirig‘ini qabul qilamiz. Shu bilan birga, ushbu loyihaning ba’zi takliflariga — Myuller "Sharq"qa nisbatan "strategik essenizm" deb atagan bandlariga tanqidiy yondoshashishni talab qiladi.
Ushbu maqolaning birinchi qismida biz Myullerning yondashuvini ko‘rib chiqamiz va nima uchun tarixiy nuqtayi nazardan uning fikri muammoli ko‘ringanini tushuntiramiz. Ikkinchi qismda biz Markaziy Osiyo haqidagi ishlab chiqilgan "tashqi" va "ichki" bilimlarga diqqat qaratamiz va bugungi kunda mintaqadagi tarixiy narrativlar ishlab chiqarishni eng yaxshi tavsiflovchi "taktik essensializm"ni javob paradigmasi sifatida taklif qilamiz. Ikkala tushuncha o‘rtasidagi farqlarga qaramay, bizga "strategik" va "taktik" essenizm mohiyatan bir xil jarayonning ko‘rinishi, ya’ni sovet o‘tmishini postsotsialistik tadqiqotchilarning etosidan olib tashlashga (yoki uni o‘rniga yangi narrativlar bilan almashtirish) urinishlar sifatida ko‘rmoqdamiz. Farqi shundaki, Myuller keltirgan loyihasining natijalarga erishish uchun kelajakda bugungi postsotsialistik “Sharq”ning ramziy geografiyasini qayta ko‘rib chiqishni taklif qiladi, bu orada esa Markaziy Osiyo tarixchilari asosan sobiq va postsovet o‘tmishiga e’tibor qaratishadi, bu ularga bugun uchun ramziy kapital manbayini beradi.
"Strategik essensializm" va uning imkoniyatlari
"Sharq" haqida gapirishdan oldin Myuller Sovuq urushdan keyin shartli ravishda paydo bo‘lgan antipodlar — G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, shuningdek, Avstraliya va Yaponiya mamlakatlarini o‘z ichiga olgan "Global Shimol" hamda Afrika, Lotin Amerikasi va "Osiyoning aksariyat qismi" mamlakatlarini o‘z ichiga olgan "Global janub" (Myuller, 2018: 1) deb talqin qiladigan xayoliy mintaqalar haqida bahslashishdan boshlash foydalidir.
Tuzilgan ushbu arxitekturada Myuller sobit hudud emas, balki "gnoseologik kategoriya" sifatida belgilaydigan "Global Shimol" ga yetakchi rol beradi (o‘sha yerda: 10). O‘zi va dunyoning boshqa qismlari haqida ko‘p ma’lumotlarni ishlab chiqaradigan mintaqa ham "shimol"dir. Agar-ki "Shimol" bilim ishlab chiqarishni nazorat qila olmasa, u o‘zining intellektual sanoatining ajralmas qismiga aylangan odamlarni kooptatsiya qiladi (o‘sha yerda: 9). Nihoyat, dunyoning boshqa qismlari haqidagi bilimlar shimoliy kontekstning elementiga aylangan hollarda ham, doimiy tarzda karikatura, emaskulyatsiya qilinish (o‘sha erda: 9) yoki (o‘z-o‘zini) senzura qilish xavfi mavjud bo‘ladi. Bu fenomenlari barchasi sodir bo‘lish ehtimoli katta. Ammo biz savolni shunday qo‘ydik-ki, Global Shimol agentligini qanday tarzda talqin qilish kerak? Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, "shimoliy" bilimlarning dunyoning qolgan qismiga nisbatan gegemonligi qay darajada o‘zidagi ichki tashkilotining mahsuli va Myuller yozgan haqiqiy yoki xayoliy kontrularning qay darajada natijasi?
Masalan, fan va ta’limni olaylik. Bilimlarni ishlab chiqarish mana shu sohalarga bevosita ta’sir qiladi, shuning uchun keltirilayotgan misol ham o‘rinli bo‘ladi. "Global Shimol" ning o‘zida bir qator mamlakatlar mavjud bo‘lib, masalan, Irlandiya yoki Portugaliya kabilar shartli ravishda "shimoliy" deb tasniflangan bo‘lsa-da, fan va ta’lim sohalari nuqtayi nazaridan periferik hisoblanadi. Bu mamlakatlarda iqtidorli tadqiqotchilar borligiga also shubha qilmaymiz, ammo ilmiy ko‘rsatkichlarga ko‘ra, ularning fanga qo‘shadigan hissasi umumiy olganda Hindiston yoki Rossiyanikidan past (Scimago Institutions, 2019). Bundan tashqari, ichki periferiyalar va "xaritada bo‘lmagan hududlar" nafaqat "Global Shimol" ichkarisida, balki alohida "Shimoliy" mamlakatlarda ham mavjud. Masalan, AQSHning o‘zida eng muhim ilmiy tadqiqotlar mamlakatning shimoliy-sharqiy va g‘arbiy sohillarida olib boriladi, bu yerda ko‘plab yaxshi jihozlangan xususiy universitetlar va tadqiqot markazlari joylashgan (Artz va Merfi, 2000: 289). Qolgan shtatlar esa bir nechta istisnolardan tashqari, ana o‘sha yuqori darajada rivojlangan mintaqalarning chekka qismida qolib ketgan. Xuddi shunday holat Parijda bo‘lib, mamlakatning ilmiy va madaniy hayotida asrlar davomida hukmronlik ailib kelgan Fransiyada, G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning boshqa ko‘plab mamlakatlarida ham kuzatilmoqda (Petitjean, Jami, Moulin, 1992: 232; ESPON, 2017).). Bu vaziyatga izoh qidirish o‘z navbatida Sovuq urushning xronologik chegaralaridan tashqariga chiqishni va tashqi va ichki mustamlakachilik dunyoni markazlar va chekka hududlarga bo‘lib tashlagan urushdan oldingi davr tarixini anglashni talab qiladi (Braudel, 1979; Wallerstein, 1979; Etkind, 2013). Shuni eslatib o‘tish joizki, dunyoni hududiylashtirish, uning bo‘linishini nazarda tutgan holda, ko‘pincha geografik vositalarni o‘z vakillarining subyektlariga zarba berish uchun ishlatib kelgan chuqur imperiyachilik harakatlari sifatida kristallashgan (Akerman, 2017).
"Global janub"ga kelsak, bu tushunchaning ta’rifi Myuller maqolasida noaniqligicha qolmoqda (Myuller, 2019: 1). Myuller "janub"ga ta’rif berishda mustamlakachilik o‘tmishi va "marginallik", "boylar va kambag‘allar" o‘rtasidagi farq hamda "janub" bilan bog‘liq mental-aqliy toifalarni qurish bilan bog‘liq bo‘lgan troplarni o‘rganishga e’tibor beradi (o‘sha yerda: 5). Ammo bu qadar "strategik" noaniqlik bilan berilgan fikrlar [vaziyatni tahlil etish uchun] qo‘ldan boy berilgan imkoniyat emasmi?
Myuller maqolasidagi tutadigan o‘rni noaniqligicha qolayotgan Xitoy misoliga qaytaylik. Yigirmanchi asrning oxirida ham ko‘plab tadqiqotchilar Xitoyni "Global janub" ning bir qismi sifatida tasniflardilar (Segal, 1999: 25; Xiaobo, Zhang, 2003). Bugungi kunga kelib bunday tasnif uncha ham ishonarli emas ko‘rinadi. YAIM, ilm-fanga tikilgan sarmoya va ilmiy nashrlar soni kabi qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha Xitoy jahon reytingida yetakchilik qilmoqda (Xeyl, Xeyl, 2003; Zhou, Leydesdorff, 2006). Osiyoda xuddi shunday dinamikani Janubiy Koreya va Singapurda kuzatish mumkin. Ta’kidlab o‘tish joizki, ilgari Xitoy, Singapur va Janubiy Koreya hozirgi "Global Janub" mamlakatlari kabi muammolarga ega bo‘lishgan (Clare va boshqalar, 1968; Li, 1998). Bundan tashqari, 1960-yillardagi Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli xuddi shunday davrda masalan, Afrika va Lotin Amerikasidagi ko‘plab davlarlardan sezilarli darajada yomonroq ham edi (Aird, 1968; Hofman, 2000: 30; Iliffe, 2007). Ammo Xitoy bir qator ko‘rsatkichlarga ko‘ra asta-sekin "Global Shimol" ning bir qismiga aylangan bo‘lsa-da, Afrika va Lotin Amerikasidagi ba’zi mamlakatlar so‘nggi 40 yil ichida ko‘proq "janub" tasnifida qolishda davom etmoqda. Ammo agar Xitoyning misoli avtoritar davlat bo‘lgani uchun hammani ham ishontira olmasa, bu borada Janubiy Koreya nafaqat muvaffaqiyatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, balki siyosiy rejimni avtoritardan demokratiyaga o‘tkazishda ham namunasi bo‘la oladi (Pop-Eleches, Robertson, 2014: 8). Singapur ham sobiq mustamlaka va avtoritar mamlakat bo‘lgan "sharq"ning bir qism bo‘lishiga qaramay, Myuller terminologiyasidan foydalangan holda uni "Global janub" ning bir qismi sifatida tasniflash qiyin. Singapur — yuqori darajadagi hayot sifatiga ega va sayyohlar, investorlar va xorijliklar uchun jozibador hudud bo‘lgan yuqori darajada rivojlangan davlatdir. Demak, Myuller loyihasiga amal qiladigan bo‘linsa, Xitoy, Janubiy Koreya va Singapur na “Global Shimol” (chunki ular boshqa “shimoliy” davlatlar tomonidan tan olinmagan) va na “Global Janub”ga kiradi (chunki ular kambag‘al davlat emaslar va o‘zlarini postkolonial sifatida namoyon qilmaydilar) yoki xayoliy "sharq" ning bir qismi (chunki ular dunyoda mavjud bo‘lgan davlatlar) ham emasligi ayon bo‘ladi. Balki bu mamlakatlar, ehtimol alohida epistemologik kategoriyaga muhtojdirlar. Xuddi shu kabi mulohazalar, ba’zi shartlari bilan, 21-asrda Fors ko‘rfazi mamlakatlariga ham tegishlidir. Ular nafaqat qaysidir "global" mintaqaga ko‘ra tasniflanishi kerak, balki u yoki bu tasnif uchun qanday asosiy tamoyillardan foydalanish kerakligi ham aniq emas. Myullerning maqolasi bu savollarning barchasini javobsiz qoldiradi.
Ammo Myuller maqolasiga ko‘ra, "Global Janub" sifatida ko‘proq ishonch bilan tasniflanishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ham gamogen emas. Janubiy Amerikani olaylik. Myullerga ko‘ra Braziliya "sharqiy" mamlakatlarga qaraganda jozibadorroq ekanligini va chililik Vargas Lyosa dunyoda Svetlana Aleksiyevichdan ko‘ra yaxshiroq tanilganligini ta’kidlaydi (Myuller, 2019: 5). Bu qarashda yetkazilmoqchi bo‘lgan fikr aniq, ammo Braziliya va Chilini turfa xil tillari, tarixi va rivojlanish trayektoriyalari bilan o‘sha “janubiy” toifasiga tasniflash to‘g‘ri deb qabul qilinishi qanchalik to‘g‘ri? Tizimga mana shunday tasniflash tamoyilining o‘zi shubha ostiga olinishi kerak emasmi? Bu holatda bizning tanqidimizdan maqsad faqat Myuller maqolasidagi konseptual keskinlikni fosh qilish emas (Sartori, 1970). Biz uchun eng muhimi, toifalashtirishni (qayta) ishlab chiqish, hatto bunday toifalashning inklyuziv istagi (ya’ni, xayrli niyatlar bilan) bilan bog‘liq bo‘lsa ham, eng yaxshi holatda, o‘sha toifalarning parchalanishi va farqlanishiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatishdir. Ammo post-sotsialistik "Sharq"ning geografik yoki epistemologik xaritalarda kamdan-kam bor ekanligi genealogiya va eksklyuziya amaliyotining asosiy muammosini hal qila olmaydi. “Global Shimol” mamlakatlari va Xitoyga nisbatan ilgari ko‘rib chiqilgan masala ham shu nuqtayi nazardan ham o‘z dolzarbligini yo‘qotadi. Mamlakatning qaysi geosiyosiy lagerda ekanligini aniqlashga urinishlar nafaqat “[ajratuvchi] belgilarning global sirkulyatsiya”siga (Myuller, 2019: 3), balki muayyan siyosatlarning “uzoq” rivojlanish dinamikasiga va ushbu ajratuvchi belgilarning ishlab chiqarish qobiliyatiga (ya’ni, sinxron emas, balki diaxronik yondashuv) ham asoslangan baholashni talab qiladi. Negaki "belgilarning global sirkulyatsiyasi" aslida fiksiyadir. Uni hech qanday inkor etuvchi vositalar bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
Myuller maqolasi uchun asosiy ishora bo‘lib xizmat qiluvchi “shimol” va “janub” toifalarining muammoli mohiyatini belgilab olgach, “sharq”ga o‘tamiz. Myullerga ko‘ra, "Sharq" u uchun ko‘proq "gnoseologik" atama ekanligini aytadi (Myuller, 2019: 10). Geografik jihatdan bu yondashuv sobiq SSSR va Yugoslaviya mamlakatlarini, shuningdek, Sovet Ittifoqining ta’sir zonasiga kirgan sobiq Sharqiy blokdagi mamlakatlarni birlashtiradi. Umuman olganda, bunday tasnif mantiqiy hamdir, ammo mavjud geosiyosiy tendensiyalar nuqtayi nazaridan bu qarashga nisbatan bir qator shubhalarni keltirib chiqaradi. Siyosiy nuqtayi nazardan qaraganda, SSSR, Sharqiy blok va sobiq Yugoslaviya parchalanganidan keyin ham ularning tarkibiga kirgan davlatlar turli, asosan markazdan qochma, davlatlararo va ijtimoiy-madaniy jarayonlarda ishtirok etib kelmoqda.
Sharqiy blokning aksariyat mamlakatlari, shuningdek, Sloveniya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari Yevropa Ittifoqining bir qismiga aylanishdi. Bu o‘zgarishlar esa ushbu mamlakatlar vatandoshlarining o‘zini va milliy loyihalarini anglashida ham, dunyoda ham asosiy rol o‘ynadi. Albatta, geosiyosiy siljish avtomatik ravishda boshqa barcha sohalardagi o‘zgarishlarni anglatmaydi, lekin u ko‘pgina rasmiy narrativlarda va bir qator ommaviy diskurslarda shunday taqdim etilgan (Blair, 2004; Trichet, 2004; Sjursen, 2006; Cameron, 2007; Babiš, 2019). 2018 yilda Sloveniyada aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot Portugaliyaga qaraganda yuqori bo‘lgan va sobiq SSSR davlatlaridan sezilarli darajada oldinda edi (Xalqaro valyuta jamg‘armasi, 2019 yil). Ta’lim va fan sohalarida Sharqiy Yevropa olimlari G‘arbiy Yevropa va Yevro-Atlantika akademiyasining bir qismi bo‘lishga faol intilmoqda. Bu kabi davlatlarning soni ortib bormoqda va ingliz tilidagi jurnallar tahririyatiga kiritib borilmoqda.
Rossiya, o‘z navbatida, sobiq SSSR hududida Sovet Ittifoqini qayta tiklashga urinish sifatida qabul qilingan o‘z loyihalarini ishga tushirishga harakat qildi (Akkuli, 2010; Bulough, 2014), "yangi" imperiya loyihasi (Rubtsov, 2016) o‘zaro bog‘langan geo-iqtisodiy va geosiyosiy tashabbuslar konglomerati (Kirkham, 2016; Kotlyakov, Shuper, 2019), mintaqaviy xavfsizlik tashabbusi (Matveyeva, 2013; Kuhrt, 2014) va hatto "o‘ziga qaytish" (Trenin, 2019) kabi loyihalar shular jumlasidandir. Ta’kidlab o‘tish joizki, Qrim anneksiya qilinganidan so‘ng Rossiya tashqi siyosati sobiq SSSR va Sharqiy blok mamlakatlarida tobora ko‘proq tahdidli deb qabul qilina boshlandi (Ambrosio, 2017; Koen, 2019). Rossiya akademiyasida boshqa mamlakatlar bilan integratsiyalashuv bo‘yicha aniq fikr yo‘q. Rossiyalik olimlarning soni ortib borayotgani esa xalqaro jurnallarda nashr etilishlari va xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qilishlari bilan birga, ba’zi tadqiqotchilar Rossiya ta’lim va fan tizimiga e’tibor berishda davom etmoqdalar. Bundan tashqari, masalan, 2020 yilda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Valeriy Tishkov, "rus gumanitar fanlarining asosiy tili rus tilidir" va "Rossiyalik gumanitar olimlarning asarlarini G‘arb ilmiy jurnallarida nashr etish geosiyosiy qarama-qarshiliklar va xorijiy ilmiy hamjamiyatning muhim qismining Rossiyaga qarshi qaratilgan targ‘iboti tufayli amalda imkonsizdir" (Tishkov, 2020) degan edi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari ham hech bo‘lmaganda 1990-yillarning o‘rtalaridan boshlab o‘z rivojlanish yo‘liga ega bo‘ldi. Shu paytdan boshlab ularda turli integratsiya jarayonlari boshlandi, bugungi kunga qadar institutsional sabablar (Dadabayev, 2010; Azizov, 2017), mintaqadagi avtokratik va noaniq rejimlar (Stronski, 2018) va tashqi sharoitlar tufayli ko‘zga ko‘ringan natijalarni bermadi. AQSH Davlat kotibining 2020-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrifi ko‘rsatganidek, butun mintaqa tashqi o‘yinchilar tomonidan instrument, vosita sifatida qabul qilinishda davom etmoqda: mintaqaning ahamiyati unda yashovchi aholining haqiqiy manfaatlari bilan emas, balki mintaqa ehtiyojlari haqidagi tashqi bilimlar asosida shakllangan siyosiy "muvozanat" tasavvurlari bilan belgilanadi. Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zlari turli trayektoriyalarni tanlaganlar: Qozog‘iston Yevroosiyo integratsiyasi va Rossiya bilan yaqinlashishi (90-yillar oxirida panturkizm o‘rnini bosdi) hamda xalqaro imidj loyihalariga tayangan bo‘lsa, Turkmaniston betaraflik va nisbatan izolyatsion yo‘lni tanladi. Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy sabablarga ko‘ra sobiq SSSR mamlakatlari uchun ishchi kuchi yetkazib beruvchilariga aylanishdi. Bu ikki davlatning iqtisodiyoti asosan mehnat muhojirlarining daromadlari asosida ishlaydi (O‘zbekiston misolida bu turizm, gaz va paxta eksportidan olingan daromadlar bilan to‘ldiriladi). Shu o‘rinda keltirib o‘tamiz-ki, Qirg‘iziston postsovet Markaziy Osiyoda navbatdagi saylovlar orqali hokimiyat almashinuviga erishgan yagona davlatga aylandi. 1990-yildan beri ta’lim va ilm-fan sohasida ham Markaziy Osiyoda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bir tomondan, mintaqa ta’lim va akademik tadqiqotlarni neoliberallashtirishga qaratilgan global tendensiyaning bir qismiga aylandi: ko‘p hollarda ta’lim pullik bo‘ldi va davlat faqat ustuvor bo‘lib ko‘ringan ayrim sohalarni moliyalashda davom etmoqda. Boshqa tomondan, Markaziy Osiyoda ta’lim olish bu aralashishlar va o‘zaro ta’sir etish maydoni, shuningdek, g‘oyalar, mafkuralar va moliyaviy oqimlarning sirkulyatsiyasi uchun joy bo‘lib chiqdi. Bunda ba’zi hollarda homiylar tashqi aktorlar bo‘lsa, boshqa hollarda — mintaqa davlatlarining o‘zlari G‘arb uslubidagi modernizatsiyani joriy etishga yoki mamlakat imidjini yaxshilashga harakat qilishdi (Aga Khan Development Network, 2016; Sabzaliyeva, 2015, 2017). Shunday qilib, siyosiy-iqtisodiy nuqtayi nazardan qaraganda, Markaziy Osiyo, butun sobiq Sharq bloki kabi, XXI asrda ham ko‘p yo‘nalishli loyihalar va mafkuralarni amalga oshirish makoni bo‘lib qolmoqda.
Ijtimoiy-madaniy nuqtayi nazardan olsak, “Global Sharq” loyihasi o‘z tuzoqlariga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, til jihatini olaylik. Myullerning loyihasi akademik muhitga qaratilgan, shuning uchun bu borada savol berish mantiqan to‘g‘ri: "Global Sharq" tadqiqotchilari qaysi tilda, siyosiy emas, balki jismoniy ma’noda gaplashadilar va o‘qiydilar? Bunda ikkita variant paydo bo‘ladi: ingliz va rus tillari. Ingliz tili bilan bog‘liq vaziyat aniq: bu tilni yetarlicha bilganlar global akademiyaning bir qismi bo‘lish imkoniyatiga ega. Boshqalar esa kamroq imkoniyatlarga ega: ular o‘z tadqiqotlarini taqdim eta oladigan konferensiyalar doirasi torligicha qolmoqda. Bu tilde yuritiluvchi mahalliy nashrlar saqlanib qolmoqda, ammo ularning qamrovi "xalqaro" (o‘qing, ingliz tilida) dan ancha torroq. Yelena Trubina va uning hammualliflarining “Dunyoning bir qismi qolgan dunyodan uzoqmi? Postsotsialistik Sharq — bilimlar geopolitikasida” nomli maqolasida o‘ylab topilgan Molvaniya olimi Bogdan Voskresenskiyning to‘qima obrazidagi misolda “zamonaviy asarlar, mantiqiy nomuvofiqliklar va uslubiy xatolarga yetarlicha havolalar yo‘qligi” sababli qahramonning maqolasi nufuzli jurnal tomonidan rad etilgandi (Trubina va boshq., 2020). Ko‘rib turganimizdek, mavjud bo‘lmagan olimning ushbu qayg‘uli, ammo odatiy bo‘lgan hikoyasida ingliz tilini yetarli darajada bilmaslik muhim rol o‘ynaydi.
Yana bir variant sifatida rus tilini oladigan bo‘lsak. Bir tomondan, Rossiyada tobora ko‘p bo‘lgan nufuzli akademik va ilmiy nashrlar va muhim xalqaro konferensiyalar paydo bo‘ldi va paydo bo‘lmoqda. Boshqa tomondan, bir qator yuqori malakali nashrlar, masalan, “Ab Imperio” jurnali rus tilidan tashqari tilidagi maqolalarni qabul qila boshlagan. Bundan tashqari, G‘arbda ishlab chiqilgan ko‘plab tushunchalar sobiq SSSR tadqiqotchilari uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, balki rus tilidagi tarjimada yetib keladi. Natijada, Rossiya postsovet inersiyasi sababidan rus tilini ta’lim va o‘qitish tili bo‘lib qolgan mamlakatlarda G‘arb intellektual gegemoniyasining o‘ziga xos vakili sifatida ko‘rsatadi. Biroq, rus tiliga ingliz tilidan tashqari boshqa Yevropa tillari kabi, fanning umumiy neoliberallashuvi to‘sqinlik qilmoqda. Agar olimlarda tanlov qilish imkoni bo‘lganda ular ingliz tilida nashr qilishni afzal ko‘rishardi, chunki bu ularga ko‘proq ilmiy ishlariga yo‘naltiradigan iqtibosli olim bo‘lishni va’da qiladi. Shunday qilib, rus tili ixtisoslashgan nashrlar uchun imkoniyati past tii va postsovet tadqiqotchilari uchun mintaqa tili bo‘lib qolyapdi. Sobiq SSSR va Sharqiy Yevropaning milliy tillari ham bunday istiqbollarga ega emas, chunki ularning ilmiy jamoalari yetarli bilim va tarjima infratuzilmasini tashkil qilish uchun juda torlik qiladi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat tushunishimizcha, bu tezisni yanada kuchaytiradi. Shu nuqtayi nazardan, Myuller keltirgan Subaltern Studiyes yo‘nalishini asos solgan bir guruh hind olimlarining misoli qoidani tasdiqlab bergan istisnodir: negaki ular uchun o‘rganish va o‘qitish tili va ilmiy lingua franca ya’ni ingliz tili edi.
Markaziy Osiyoga qaytadigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash kerakki, uning aholisi uchun ularning o‘tmishi va hozirgi dunyodagi tutgan o‘rniga bo‘lgan munosabati murakkab va haligacha shakllanishda davom etmoqda. Markaziy osiyoliklarning ko‘pchiligi Sovet Ittifoqida tug‘ilgan yoki hayotining muhim qismini yashagan va ular asosan Rossiya bilan bog‘liq bo‘lgan sovet o‘tmishiga bergan baholari ijobiyligicha qolmoqda. Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tilganidek, mehnat muhojirlarining daromadlari ularning daromadlarining sezilarli foizini tashkil qiladi. Ammo yana bir tendensiyani ham inkor etib bo‘lmaydi: tarixiy narrativni qayta yozishga urinishlar va buning natijasida o‘tmish va bugunni anglash sovet davridan oldingi sovet davriga va postsovet zamonaviyligiga urg‘u berish bilan kechmoqda. Turkmanistonda Saparmurod Niyozov va Gurbanguli Berdimuhamedov shaharni yangi davr ramzi qilish uchun Axshobod markazini qayta qurdiradilar (Paniyer, 2010). Xuddi shunday tarzda, Qozog‘istonning imidj loyihalari: Ostona shahrining qurilishi, EXHT sammiti, Osiyo o‘yinlari va Expo 2017 Qozog‘istonning “yangi davlat” sifatidagi yangi intilishlari va salohiyatini namoyish etish uchun mo‘ljallangan edi (Shelekpayev, 2018, 2020). 2016-yilda Qozoq xonligining 550 yilligini nishonlash kabi tarixiy xotiraga oid boshqa davlat loyihalari jahon hamjamiyatini qozoq davlatchiligining “uzoq” tarixiga ishontirishga qaratilgan edi. Qirg‘iziston bir necha yildan buyon Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda — bu tadbir qirg‘iz xalqining milliy o‘zligi nafaqat sovet davriga, balki o‘ziga xos ildiz va an’analarga ega ekanligini ko‘rsatishga qaratilgan. O‘zbekiston hukumati esa turizmni jadal rivojlantirmoqda: lekin bunda harakat modernizmga emas, balki asosiy e’tibor o‘ziga xos, noyob (Chuxovich, 2014) bo‘lgan, lekin afsuski, “sovetizm” tomonidan murosalangan va “o‘rta asrlar” estetikasi haqidagi postsovet g‘oyalari asosida (Chuxovich, 2019) Buxoro, Samarqand va Xiva jadal sur’atlar bilan qayta qurilayapdi. Myuller loyihasi bilan o‘zaro qarashlarimiz sohamizni qisqacha bayon qilib, keling, matnning ikkinchi qismiga o‘tamiz, unda Qozog‘iston va Qirg‘izistonning postsovet tarixshunosligi misolida mintaqani “Global Sharq”qa kiritish imkoniyatlarini loyihasi va bu yo‘lda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni ko‘rib chiqamiz.
Markaziy Osiyoning postsovet tarixshunosligida taktik essensializmi
Markaziy Osiyo davlatlari qanday qilib va qaysi darajada “Global Sharq”ning bir qismiga aylanishi mumkinligini yaxshiroq tushunish uchun, keling avvalo, aynan nima mintaqani Sharqning bir qismiga aylantiradi, geografik yoki postsotsialistik tomondanmi? , degan savolga javob beraylik. Myullerga ko‘ra Markaziy Osiyo mintaqasini Sharqiy Yevropa bilan birlashtirgan narsa umumiy iqtisodiy aloqalar yoki madaniy an’analar yoki umumiy sotsializm tajribasi emas, balki “amorf Yevropa”ga nisbatan ham o‘xshashlik, ham farqlanish hissidir (Müller, 2018: 5). Ayni shu ta’rif haddan tashqari yevrotsentrik emasmi? Chunki agar Sharqiy Yevropa davlatlari, Myullerning fikricha, “sub-yevropa” bo‘lib qolsa, Markaziy Osiyo geografiyasiga da’vogarlik qilolmaydi va G‘arb matbuotida beshta postsovet respublikasi uchun qabul qilingan va ularning boshqachaligini ta’kidlaydigan stenografiya evfemizmi — Markaziy Osiyo "stanlari"ni Markaziy Osiyoning g‘arbiy qismidagi mamlakatlardan ajratib turadigan go‘yoki madaniy farqlarni ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda Markaziy Osiyo sobiq Ittifoq hududida joylashganligi sababli postsovet Sharqi davlatlaridan biri deyish mumkinmi? Myuller bunga salbiy javob berib, sotsialistik merosni yo‘qolib borayotgan obyekt sifatida ko‘rsatadi (Myuller, 2019: 539). Albatta, bu iddaoga qo‘shilmaslik qiyin. Haqiqatan ham, Markaziy Osiyo respublikalarining o‘zlari, yuqorida aytib o‘tganimizdek, sovet o‘tmishidan uzoqlashishga, sovet tuzumidan oldingi davrda ildiz otgan yangi milliy tarixlarni yozishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, bizning fikrimizcha, Markaziy Osiyoning “Varshavadan Vladivostokgacha” nomli keng ko‘lamli siyosiy shakllanishdagi o‘rni va ishtiroki faqat sotsializm qurishning birgalikdagi tajribasi bilan cheklanib qolmaydi. Shuning uchun biz Myuller tomonidan belgilangan vaqt oralig‘ini kengaytirishni va mintaqaga tarixiy jihatdan qarashni taklif qilamiz.
Zamonaviy Qozog‘istonning bir qismi 18-asrning birinchi yarmida Rossiya imperiyasining bir qismiga aylanadi. Oradan bir asr o‘tgach, Turkistonning ilgari mustaqil bo‘lgan xonliklarini Rossiya bosib oladi. Shu paytdan boshlab mintaqa tarixidagi ko‘plab yirik voqea va jarayonlar Osiyo mustamlakalarini Rossiya imperiyasiga qo‘shish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar qilib belgilanib olinadi. Shunday qilib, imperiyaning qulashi va undan keyingi sinfiy va etnik-konfessional to‘qnashuvlarni bashorat qilgan 1916-yil qo‘zg‘oloni, asosan, imperiya davlatining Yevropa provinsiyalarida yer inqirozini hal qilishga qaratilgan ommaviy ko‘chirish harakatining natijasi edi. (Brower, 2003; Chokobayeva, Driyeu, Morrison, 2019; Smele, 2015; Sokol, 1954). Ko‘chmanchilar oqimi esa Osiyo koloniyalari aholisining demografik tarkibini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Dasht general hukumatining shimoliy viloyatlarida rus aholisining qozoq aholisidan son jihatdan ustunligi chor amaldorlari tomonidan qayd etilgan. Sovet Qozog‘istonida allaqachon bu tendensiya kuchayib, demografik muvozanatga olib kelgandi. Masalan, 1959 yilda ittifoq aholisini 20 yil ichida birinchi marta ro‘yxatga olish o‘tkazilganda, etnik qozoqlar respublika umumiy aholisining atigi 30 foizini, slavyan aholisining esa 52 foizdan ortig‘ini tashkil qilgan (Saparbekova, Kocourkova, Kuchera, 2014: 78). Qo‘shni Qirg‘iziston SSRda 40,5% ni tashkil etgan etnik qirg‘izlar soni 37,5% ni tashkil etgan "Yevropa aholisi" ulushidan bir oz ko‘proq edi (Kudabayev, Guillot, Denisenko, 2004: 109-157).
Markaziy Osiyoning metropolni uning chekkalari bilan bog‘lovchi iqtisodiy tarmoqlarga integratsiyalashuvi ham sovet iqtisodiyotining markazlashuvidan oldin bo‘lgan. Mintaqaga temir yo‘lning kiritilishi uni Rossiyaning Yevropa qismi uchun muhim bo‘lgan chorva mollari va go‘shtning yetkazib beruvchisiga aylantirdi. Masalan, 1908-yilda O‘rta Osiyo Yevropa Rossiyasiga 400 ming bosh chorva mollari va 6 ming tonnaga yaqin go‘sht eksport qilgan (Kameron, 2018: 55). Ikki yillik urushda Turkiston o‘lkasining urush xo‘jaligiga qo‘shgan hissasi 5000 t dan ortiq go‘sht va 70000 otni tashkil etdi (Galuso, 1929: 80). Koloniyani ko‘chmanchi yerlarni haydash orqali "xo‘jaliklashtirish" mintaqaga katta hajmdagi g‘alla eksport qilish imkonini berdi. 1930-yillarning boshlarida Qozog‘istonning g‘alla yetishtiruvchi va go‘sht yetishtiruvchi mintaqa sifatidagi maqomi halokatli rol o‘ynadi: ko‘chmanchi aholining majburan o‘troq qilib joylashtirilishi natijasida g‘alla va go‘sht yetkazib berish uchun mos bo‘lmagan kvotalar natijasida ahvol og‘irlashadi, respublikada ommaviy ocharchilik boshlanadi. (Piansiola, 2017).
Yana Semirechensk viloyatining hududlaridan tub aholini ko‘chirish rejasini ishlab chiqqan va rahbarlik qilgan Turkiston general-gubernatori Aleksey Kuropatkinning nomaqbul deya qaralgan aholi guruhlarini olib tashlashi va hatto yo‘q qilishi mantig‘ini, 1916-yilgi qo‘zg‘olon paytida “rus qoni to‘kilgan” joyda shuningdek, "jazolangan xalqlar" vakillarini Qozog‘iston mehnat lagerlariga surgun qilgan bolsheviklar hokimiyatini (Holquist, 2001) ham eslash mumkin. Hatto Sovetlarning mahalliylashtirish kampaniyasi ostida ketgan davlat qurilishi ham, asosan, inqilobdan oldingi milliy avtonomiyalarni yaratish talabini qondirish edi. Qozoq Alash O‘rdasining misoli bu ma’noda juda odatiy hol. Partiyaning siyosiy dasturi esa Yevropaning millat va milliy davlat haqidagi g‘oyalari ta’siri ostida va imperiyaning ko‘chmanchi aholisining yerga egalik qilish va siyosiy vakillik huquqini ta’minlamaydigan xorijiy maqomiga reaksiyasi sifatida shakllantirildi (Amanjolova, 2009; Uyama, 2001).
Albatta, imperiya va sovet institutlari hamda amaliyotlarining uzluksizligi universal emas, lekin bu bizga “Global Sharq” loyihasining o‘zaro bog‘liq asoslarini va Markaziy Osiyo davlatlarining boshqa potensial ishtirokchilar bilan o‘zaro munosabatlarining ko‘p sonli shakllarini ko‘rish imkonini berib, sotsializmning "tuzog‘idan" qochish bilan birga, u geografik, siyosiy yoki boshqa loyihalaridan uzoqlashtiradi. Oxir oqibat, yuqorida tavsiflangan barcha jarayon va hodisalar sotsializm davriga to‘g‘ri kelmaydi va yuqorida aytib o‘tilganidek, imperiya ildizlariga ega va ba’zan bevosita va ba’zan bilvosita — boshqa imperiyalar, milliy davlatlar va mintaqalarga ta’sir qiladi. Ayniqsa, O‘rta Osiyo tadqiqotchilari uchun chegaradagi hududlari bo‘lmish Rossiya Turkistoni bilan iqtisodiy, madaniy va diniy aloqalar bilan bog‘langan Xitoy tarixiga oid ishlar dolzarbligicha qolmoqda. Masalan, 1916-yildagi Semirechensk viloyatidagi qo‘zg‘olonda dunganlar, musulmonlar — Xitoydan kelgan muhojirlar ishtirok etishgan bo‘lib, qo‘zg‘olon bostirilgandan keyin ular Rossiya imperiyasi subyektlaridan qochib ketishadi. Fuqarolar urushi davrida esa oq qo‘shinlarning qoldiqlari Xitoyga qochib ketadi. O‘ttizinchi yillarda esa ochlik va kollektivlashtirishdan — Sovet Markaziy Osiyo fuqarolari (Abdaliyeva, 2016; Cameron, 2018: 122–143) qochishadi. Boshqa tomondan, Sovet Ittifoqi uyg‘ur elitasining zamonaviy uyg‘ur millatini yaratish uchun siyosiy loyihasini ishlab chiqish joyiga aylanadi (Brophy, 2016).
Boshqacha qilib aytganda, Markaziy Osiyo tarixi allaqachon mintaqa tarixini “Global Sharq” nuqtayi nazaridan implitsit imkoniyatini o‘z ichiga oladi. Ammo bu tarixni qanday yozish kerak? SSSRni o‘rganishdagi "imperial burilish" va global yondashuvlarning tobora ommalashib borishi mintaqa tarixi bo‘yicha qaraladigan yondashuvlardan geografik va vaqtinchalik cheklovlarni olib tashladi. So‘nggi bir necha yil ichida Markaziy Osiyoni o‘rganishgagi transmilliy yondashuvga asoslangan nashrlarning paydo bo‘lishi esa Markaziy Osiyoning dunyoda tutgan o‘rnini tanqidiy tushunish tamoyili tadqiqotchilarning yangi avlodi uchun allaqachon qo‘llanma sifatida xizmat qilayotganidan dalolat beradi (Brophy, 2016). ; Levi, 2017; Tasar, 2017). Masalan, Skott Levi Qo‘qon xonligi misolidan foydalanib, mintaqaning izolyatsiyasi va iqtisodiy va madaniy tanazzuliga oid shakllanib kelgan nuqtayi nazarga qarshi chiqadi (Levi, 2017). Artemiy Kalinovskiy o‘zining postalinizm davridagi Tojikistondagi modernizatsiya siyosati haqidagi kitobida AQSH va SSSRning modernizatsiya loyihalari o‘rtasida katta o‘xshashliklarni topadi (Kalinovskiy, 2018). Gulzada Abdaliyeva Xitoyning Semirechensk viloyatidan kelgan qochqinlar avlodlarining og‘zaki tarixiga asoslanib, SSSRdagi fuqarolar urushining vaqt doirasini o‘zgartiradi va ko‘chmanchi qirg‘izlar uchun 1916 yil qo‘zg‘olonining bostirilishi, fuqarolar urushi va kollektivlashtirish imperiyaning bir qator zo‘ravonlik aralashuvi bo‘lganligini ko‘rsatadi (Abdaliyeva, 2016).
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, biz uchun mintaqani pozitsiyasini shakllantirish bo‘yicha metodologik mulohazalar bilan bir qatorda, Global Sharq loyihasi uchun mahalliy tadqiqotchilar agentligi muhim masala hisoblanadi. "Qo‘shish va aralashtirish" (add and stir) tamoyilidan voz kechgan holda, ushbu loyiha nafaqat bilimlarni ishlab chiqarish sohasidagi sezilarli iqtisodiy tengsizlik sharoitida (Trubina va boshqalar, 2020), balki bilim ishlab chiqarishning turli rejimlari va tashqi aralashuv va bosim sharoitida ham ishlab ketishi mumkinmi? Keyingi muqtalarda Qirg‘izistondagi 1916-yil qo‘zg‘oloni va Qozog‘istondagi 1930-yillardagi ocharchilik tarixnavisligi misolida Markaziy Osiyo mintaqasi tadqiqotchilarini “Global Sharq” loyihasidagi ishtirokini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz.
Keling, Qozog‘istondan boshlaylik. Qozog‘istondagi ocharchilik mavzusining ochiq oydin dolzarbligiga qaramay, qozoq olimlari tomonidan yozilgan so‘nggi jiddiy tadqiqotlar SSSR parchalanganidan ko‘p o‘tmay, 1990-yillarning birinchi yarmida nashr etilganligini ko‘ramiz. Shu bilan birga, so‘nggi bir necha yil ichida ingliz tilida ocharchilik mavzusiga oid yuqori professional monografiyalar va ilmiy maqolalar soni sezilarli darajada oshdi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: nega G‘arb tadqiqotchilari ocharchilik mavzusi bilan yaqindan shug‘ullanib kelganlarida, ayni paytda zamonaviy qozoq tarixchilari esa cheklangan talqinlar repertuarini taklif qilishadi? Bunda ocharchilikning yuzaga kelishida Qozog‘iston viloyat qo‘mitasi mas’ul kotibi Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi, Filipp Goloshchekin, "Kichik Oktyabrda qishloq bo‘ylab yurishga" qilgan qarori (Ayagan, 2012; Gabdullin, 2015; Sidiqov, 2014) alohida rol o‘ynaydi. 1988-yilda Sovet Qozog‘istonidagi ocharchilik haqida rus tilida birinchi maqolani chop etgan qozog‘istonlik tarixchi Juldizbek Abilxojin ushbu maqola mualliflaridan biri bilan shaxsiy suhbatida ko‘pchilik qozoq tarixchilarining tarafkashligini ta’kidladi. "Raqamlar ortidan quvish" va ularning etnotsentrik nuqtayi nazari bo‘yicha, bu qozoqlarga faqat qurbonlik rolini yuklaydi va shu bilan qozoq faollari va siyosatchilarining kollektivlashtirishdagi ishtirokini inkor etadi.
Abilxojin tomonidan keltirilgan omillar zamonaviy Qozog‘istonda davlat qurilishining dilemmalari va qarama-qarshiliklarini ko‘rsatishiga shubha yo‘q (Ismagambetov, 2018). Qozog‘iston rasmiylarining ocharchilik uchun kim aybdor degan savolga to‘g‘ri keladigan mavzuni kun tartibiga qo‘yishni istamasligini tushunish mumkin. Bu masala, R.Kindler va S.Kameron ta’kidlaganidek, SSSR va Qozog‘istonning vorisi sifatida Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni nafaqat ancha murakkablashtirishi, balki respublikadagi mo‘rt bo‘lgan millatlararo tinchlikni ham buzishi mumkin (Kindler, 2017: 334; Kemeron, 2018: 186–187). Bunday vaziyatda ko‘plab qozog‘istonlik tadqiqotchilar o‘z-o‘zini senzura qilishga majburlar. Yevrosiyo Milliy universiteti rektori Erlan Sidiqovning “Ochlikdan o‘lganlar (ruslar, qozoqlar, ukrainlar va boshqa barcha xalqlar va millatlar vakillari) omon qolish uchun kurashdilar: oxir-oqibatda kurashda millatchilikning eksessiv ko‘rinishlari ham bo‘lgan edi. Ammo faqatgina birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ochlikni yengish mumkin edi" (Sidiqov, 2012).
Lekin har doim ham shunday bo‘lmagan. Qayta qurish davrining oxirida (o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz bilan kechgan) va SSSR parchalanganidan so‘ng Qozog‘istonda kollektivlashtirish va ocharchilikka oid bir qator tadqiqot ishlari chop etildi. Ushbu asarlardan biri, 1992-yilda nashr etilgan "Qozog‘istonda kollektivlashtirish: dehqonlar fojiasi" sarlavhali maqola, birinchi navbatda, mualliflarning ocharchilik sabablari va tabiati to‘g‘risidagi xulosalari bilan ahamiyatlidir (Qozibayev, Abilxojin, Aldajumanov, 1992). Ushbu novatorona amalga oshirilgan tadqiqot ishi fundamental nuqtayi nazaridan maqolada ko‘plab keyingi xulosalar yuritilgan edi.
Qozog‘istondagi ocharchilikni ko‘p millatli zamonaviy tadqiqotchilar, shu jumladan AQSH, Germaniya, Italiya va Fransiya olimlari Qozog‘istondagi “Kollektivlashtirish” mavzusi bo‘yicha ish olib boradigan mualliflar ocharchilikni “yuqoridan bo‘lgan inqilob” natijasi deb hisoblaydilar, ular buni "inqilobiy utopiya" deb ta’riflaydilar (o‘sha yerda: 3). Shu bilan birga, ular ocharchilikning kompleks tabiatini ta’kidlab, gumanitar falokatga olib kelgan omillar va sharoitlarni o‘rganadilar. Xususan, ular "qozoq dehqonlarining taraqqiyot yo‘li" faqat "chorvachilikning qishloq xo‘jaligi yoki statsionar chorvachilikka evolyutsiyasi" orqali o‘tadi, deb hisoblagan Sovet rahbariyatining mafkuraviy munosabatiga ishora qiladilar (O‘sha yerda). Xuddi shu nuqtayi nazarni nemis tarixchisi Robert Kindler 2014-yilda nemis tilida nashr etilgan va 2018-yilda ingliz tiliga tarjima qilingan asarida aytib o‘tgan. Kindler shu bilan Sovet hukumati "qoloq" ko‘chmanchilarni Sovet davlatining "zamonaviy" fuqarolariga aylantirishni rejalashtirganligini ta’kidlaydi (Kindler, 2017: 7).
Mualliflar, shuningdek, mamlakatni sanoatlashtirishning ulkan dasturlarini moliyalashtirish uchun qishloqda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni "nasoslash" (перекачка) rejalariga ham e’tibor qaratadilar. Mualliflarning fikricha, majburiy bo‘lgan don xaridlari go‘sht sotib olish planini bajarishi kerak bo‘lgan chorvachilik xo‘jaliklariga ham taalluqli (Qo‘ziboev, Abilxojin, Aldajumanov, 1992: 6, 15) bo‘lgan. Ikki tomonlama soliqqa tortish ko‘chmanchi guruhlarni ikki baravar zaiflashtiradi. Nikolo Piansiola ham xuddi shunday xulosaga keladi, u o‘z tadqiqotlarining birida Qozog‘iston SSR kabi asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadigan mintaqa bo‘lmish Qirg‘iziston SSR nega ocharchilikni bir xil darajada boshdan kechirmagan degan savolni beradi. Buni javobi esa SSSR respublikalarining iqtisodiy jihatdan ixtisoslashgan hududlarga ma’muriy bo‘linishida edi. Agar Sovet Qozog‘istoni g‘alla yetkazib beruvchi mintaqa sifatida tasniflangan bo‘lsa, Qirg‘iziston janubdagi viloyatlari sababidan paxta yetishtiruvchi respublikalar toifasiga kirgandi (Pianciola, 2017).
Aholini to‘g‘ridan to‘g‘ri kollektivlashtirish va o‘troqlashlatirish usullarini ko‘rib chiqqan holda, maqolaning qozog‘istonlik mualliflari yuqorida aytib o‘tilgan Kindler va amerikalik tarixchi Sara Kameronning asarlarida ahamiyatiga e’tibor qaratilayotgan kuchli "bosim" roliga ishora qiladilar. Jumladan "Qozog‘istonda kollektivlashtirish" tadqiqotining mualliflari "urush kommunizmi davri" xarakterini olgan qozoq ovulida kollektivlashtirishning g‘ayrioddiy zulmkor usullari amalga oshirilganini ta’kidlaydilar (Qozibayev, Abilxojin, Aldajumanov, 1992: 12). Kindlerning ta’kidlashicha, Stalinistik tizim odatda "doimiy takrorlanadigan zo‘ravonlik" bilan tavsiflangan (Kindler, 2017: 8). So‘ng ko‘chmanchi jamiyatga nisbatan qo‘llanilgan g‘ayrioddiy bosimga javob sifatida dehqonlarning tartibsizliklari va SSSR ichida ham, uning chegaralaridan tashqarida ham ommaviy migratsiya yuz beradi. Qozoq mualliflari migratsiya paytida ko‘plab etnik qozoqlarning o‘limi haqida yozadilar. O‘z navbatida Kemeron, Xitoy chegarasida ko‘plab ko‘chmanchilarning Sovet chegara qo‘shinlari tomonidan qurboni bo‘lganligini keltiradi (Kameron, 2018: 122–143).
Hukumatning ocharchilikka munosabati kechikib beriladi. "Qozog‘istonda kollektivlashtirish" mualliflarining ta’kidlashicha, Stalinning "Muvaffaqiyatdan sarmast bo‘lish" va "O‘rtoq kolxozchilarga javob" maqolalari nashr etilgandan keyin ham Qozog‘istondagi kollektivlashtirish va majburiy o‘troqlashtirish sur’ati pasaytirilmagan (Qozibayev, Abilxojin, Aldajumanov, 1992: 17-18). Kemeronning ta’kidlashicha, Sovet rahbariyati hech qachon va’da qilingan yordamni bermasdan, respublikadan don va go‘sht yetkazib berishni talab qilishda davom etgan (Cameron, 2018: 159). Kindler, shuningdek, "bu siyosat qanday halokatli oqibatlarga olib kelishi aniq bo‘lganda ham" g‘alla va chorva mollarini rekvizitsiya qilishni to‘xtatilmaganini yozadi (Kindler, 2017: 17). Umuman olganda, yuqorida sanab o‘tilgan barcha tadqiqot ishlari mamlakat oliy rahbariyatining Qozog‘istondagi vaziyatdan xabardorligini bildiradi. 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida chop etilgan maqolalarning qozog‘istonlik mualliflari ham, zamonaviy G‘arb tarixchilari ham ocharchilikning tasodifan yuz bermaganini qayd etishadi. Qo‘zibayev, Abilxojin va Aldajumanovlar tushuntirishicha, ocharchilik sabablari an’anaviy tarixshunoslikda keltirilganidek “xatolar va bo‘rttirishlar” deb belgilangan “tasodif” deya qaraladigan yondoshuv orqali ochib berilmaydi”, deya ta’kidlashadi (Qozibayev, Abilxojin, Aldajumanov, 1992: 31). Biroq, Kemeron "noto‘g‘ri hisob-kitoblar", "loqaydlarcha bo‘lgan isnodli munosabat" yoki madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishning yo‘qligi" nuqtayi nazarining noto‘g‘riligini ta’kidlaydi (Kameron, 2018: 17).
Deyarli o‘ttiz yil oldin chop etilgan maqolalarni 2010-yillarda Yevropaning bir nechta tillarida nashr etilgan tadqiqotlar bilan taqqoslash bizga nima beradi? Hech bo‘lmaganda, argumentlarning originalligi G‘arb tadqiqotchilari bergan imtiyoz emas, deyishga asos beradi. Bundan tashqari, yangi ishlar olib borilayotgan va nashr etilayotgan siyosiy va ijtimoiy muhitning ahamiyatiga e’tibor qaratmoqchimiz. Qayta qurish davrida va SSSR parchalanganidan keyin ocharchilik bo‘yicha tadqiqotlarning paydo bo‘lishi tadqiqotchilarga so‘z erkinligini va tadqiqot mavzularini tanlashni ta’minlagan ochiqlik siyosati tufayli mumkin bo‘ldi. Bunda sovet tarixidagi muhim voqealarni qayta ko‘rib chiqish va deideologizatsiya qilish talabi ham ahamiyatli edi. Qayta qurish davri, shuningdek, arxivlarning ochilishi va tasniflanishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida "arxiv inqilobi" va Qozog‘istonda ham, undan tashqarida ham sifat jihatidan yangi asarlarning paydo bo‘lishiga imkon berdi. Ayrim Xitoy universitetlarining moddiy bazasi va xalqaro nufuzi oshib borayotganiga qaramay, qo‘shni Xitoyda “Buyuk sakrash” davrida ocharchilik mavzusida tadqiqot olib borishning imkoni yo‘qligi ham siyosiy erkinlikning muhimligidan dalolat beradi.
O‘shandan beri xalqning ocharchilik tarixi va sovet o‘tmishiga bo‘lgan qiziqishi biroz pasaygandi. Bu qisman siyosiy kun tartibidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq edi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida milliy davlat qurish bilan bog‘liq muammolar sovet davridan oldingi qahramonona o‘tmish haqida eng ko‘p izlanilgan va ahamiyati ko‘pincha mintaqadagi mustaqil respublikalarning davlat qurilishiga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadigan arbob va voqealarni birinchi o‘ringa olib chiqdi. Sovet o‘tmishini shu kenglikda tushunish hali ham muammoli bo‘lib qolmoqda. Masalan, qozoq millatiga mansub faollarning o‘z qabiladoshlarini majburan quloq qilish va o‘troqlashtirishida ishtirok etganiga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak? Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning deyarli yagona manbai davlat bo‘lgan muhitda bir nechta tadqiqotchilargina millatning bo‘linishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan mavzular ustida ishlashga jur’at eta oladilar.
Abilxojin intervyuda ta’kidlagan yana bir omil — mahalliy tadqiqotchilarga nafaqat hukumat tomonidan — Qirg‘iziston va Qozog‘istonda davlat tadqiqot faoliyatiga kamdan-kam hollarda bevosita aralashadi — balki hamkasblari tomonidan bo‘ladigan bosimdir. Mahalliy akademik hamjamiyatga "jalb qilinish" ham o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega edi. Bir tomondan, Alima Bisenova va Kulshat Medeuova aniqlaganidek, Sovet Ittifoqidan oldingi Qozog‘istondagi an’anaviy "ijtimoiy tanish-bilishlar"ning ijtimoiy va madaniy poytaxti — Sovet Qozog‘istonining ilk ziyolilari yetishib chiqqan muhit bo‘lib xizmat qilgan (Bisenova, Medeuova, 2016a: 235-241). Inqilobdan keyin bu aloqalar o‘rnini bilimlar ishlab chiqarishning yangi institutsional markazlari egalladi. Biroq, bilimlarni ishlab chiqish va ijtimoiy mobillik uchun zarur bo‘lgan madaniy va ijtimoiy kapitalning ahamiyatini kamaytirmadi. Postsovet Qozog‘istoni shu ma’noda sovet davrining ko‘plab xususiyatlarini saqlab qolgan: biz o‘z misolimizdan bilamiz-ki, shaxsiy tanish, aloqalarning bo‘lishi mintaqadagi tadqiqotlarni osonlashtiradi, maxfiy arxiv hujjatlariga kirish yo‘llarini ochadi va turli loyihalar va konferensiyalarda ishtirok etish imkoniyatini beradi. Ammo ushbu mobillikning salbiy tomoni ham bor: mahalliy tadqiqotchilar uchun mavzu tanlash va mavzu ustida sifatli tadqiqot olib boorish doirasi ba’zi bir syujetlarning maqsadga muvofiqligiga yoki aksincha, istalmagan deya qaralishiga bo‘lgan so‘zsiz ishonch tufayli tufayli torayib ketgan. Shunday qilib, tarixni "to‘g‘ri" talqin qilishga bo‘lgan konformistik talab nafaqat kuch tuzilmalari, balki mintaqaning akademik jamoalari tomonidan ham shakllantiriladi. Kemeron o‘z kitobida 2007-yilda Olmaota arxivida ishlayotganida mahalliy doktorantlar o‘zlarining ilmiy rahbarlarining dissertatsiya mavzusini tanlashda ocharchilik mavzusiga teginmasliklari haqidagi maslahatlarini u bilan "baham ko‘rishganini" misol qilib keltiradi (Kameron, 2018: 182). .
Ichki bosim masalasiga to‘xtalar ekanmiz, Markaziy Osiyo mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilariga bo‘ladigan tashqi bosim mavzusiga to‘xtalib o‘tmasdan ilojimiz yo‘q. Agar "g‘arb" olimlari uchun mintaqa asosan "xomashyo bazasi" va jimjitlik hukm surgan tadqiqot obyekti bo‘lib qolsa (Kudaibergenova va boshqalar, 2019; Bisenova, Medeuova, 2016b), ba’zi rus tadqiqotchilari uchun bir qator istisnolardan tashqari, tarix va mintaqaning geografiyasi (xususan, toponimiyasi) ham o‘tmish yoki hozirgi kunga qaratilgan aralashuv va korreksiya maydonidir (RIAC, 2013; Bronevitskaya va boshq., 2018)1. Hatto Rossiyada (va 19-asr boshlarida imperator harbiylari tomonidan formulirovka qilingan) mintaqani nomlash uchun qo‘llaniladigan O‘rta Osiyo nomi ham hanuzgacha nafaqat umume’tirof etilganidan, balki mintaqaning o‘zida qo‘llanilganidan ham farq qiladi (Gorshenina, 2019: 10–13). Bu yondashuv Global Sharq loyihasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘siqlardan biri hisoblanib, Myuller konsepsiyasi buning noqulay konnotatsiyalarini muhokama qilishdan qochadi. Yana bir to‘siq bu Markaziy Osiyo tarixchilarining yuqorida aytilgan taktik millatchiligidir, ularning tutgan narrativlari yangi qo‘lga kiritilgan suverenitetlarni qo‘llab-quvvatlaydi (Masanov, Erofeyeva, Abilxojin, 2008). Bularning barchasi, shubhasiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari nuqtayi nazaridan “Global Sharq” loyihasini amalga oshirishni imkonsiz qilib qo‘ymaydi, lekin loyihani amalga oshirishni ancha murakkablashtiradi, chunki bu loyihaning bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishtirokchilarida nafaqat umummafkuraviy va siyosiy platforma, balki ularning umumiy o‘tmishiga oid asosiy masalalar bo‘yicha ham consensus mavjud emas.
Zamonaviy rus tarixshunosligida Markaziy Osiyoni tasvirlashda qo‘llaniladigan ko‘plab tropik so‘zlar imperiya va sovet diskurslarida ildiz otgan (Lolayeva, Ryabov, 2009). Bundan tashqari, 2011 yilda Markaziy Osiyoning taniqli rus olimi postsovet davrida "rus tarixchilari mintaqa o‘tmishi haqidagi bilimlarni ishlab chiqarish ustidan nazoratni sezilarli darajada yo‘qotdilar" deb yozgan edi (Remnev, 2011; ta’kidlangan). Rossiyalik tadqiqotchilarning ushbu nazoratni qayta tiklashga bo‘lgan urinishlari shuni ko‘rsatadiki, mintaqada Markaziy Osiyo haqidagi bilimlarni ishlab chiqarish mahalliy tadqiqotchilar uchun hech qanday maqsad, privelegiya hisoblanmaydi. Shunday bilan Markaziy Osiyo ikki tomonlama mustamlaka bo‘lib qoladi. Bu 1916-yil qo‘zg‘oloni haqidagi bilimlarni qadrsizlantiruvchi yoki qayta yozilgan ishlarda yaqqol ko‘rinadi. Bu jarayon qanday sodir bo‘ladi va bu aralashuv qaysi shakllarda bo‘lishini biz zamonaviy Qirg‘izistondagi bu voqeaning postsovet tarixshunosligi misolida ko‘rib chiqamiz.
1916-yilgi qo‘zg‘olon mavzusining noaniqligi va SSSR parchalanishidan oldin va keyin unga nisbatan rasmiy munosabatning o‘zgaruvchanligi allaqachon ko‘plab mualliflar tomonidan qayd etilgan (Chokobayeva, 2014; Morrison, 2016; Chokobayeva, 2017). Ammo agar mintaqaning o‘zida va xususan Qirg‘izistonda o‘tgan asrning 20-yillarida sovet tarixchilari tomonidan ishlab chiqilib umume’tirof etilgan ta’rif "milliy ozodlik harakati" bo‘lsa, zamonaviy Rossiyadagi qo‘zg‘olonga berilgan baholar qo‘zg‘olonning "rusofobik kayfiyatning" o‘ta murosasiz holda "umumiy fojia"ning haddan tashqari ko‘rinishi sifatida (Ganin, 2008: 155; Kotyukova, 2016) deya talqin qilingan juda qattiq tavsifidan farq qiladi. Qizig‘i shundaki, bu ikkala talqin ham Rossiya rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlangani ma’nosida "rasmiy" bo‘lib qolgan. Misol tariqasida 2015-yilda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining tarix fakultetida bo‘lib o‘tgan konferensiyani keltirish mumkin, unda ishtirokchilar “1916-yildagi O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonini jabrlangan barcha xalqlar (qirg‘izlar, qozoqlar, turkmanlar, ruslar, ukrainlar, tatarlar va boshqalar) uchun umumiy fojia va umumiy xotira sifatida qabul qilinishi kerak" degan xulosaga kelinadi (Moskva Davlat Universiteti, Tarix fakulteti, 2015). "Rossiya arxivlari hujjatlariga ko‘ra 1916-yilda Semireche voqealari" loyihasining veb-sayti ayniqsa e’tiborimizni tortdi (Federal arxiv agentligi, 2020). Loyihaning davlat manbalari hisobidan moliyalashtirilgani veb-sayt Rosarxiv, ya’ni davlat organi tomonidan ishga tushirilgani va saytga tashrif buyuruvchilar Rossiya tarix jamiyati raisi Sergey Narishkinning tabrik so‘zi bilan kutib olinayotganidan dalolat beradi. Loyihaning so‘zboshi allaqachon professional tarixchi Andrey Ganin tomonidan yozilgan bo‘lib, uning 1916-yilgi qo‘zg‘olonni o‘rganishga qo‘shgan hissasi 2008-yilda nashr etilgan bitta maqola bilan cheklangan edi. Qo‘zg‘olonni "Birinchi jahon urushining umumevropa fojiasi" bilan bog‘laydigan qisqa tabrik nutqidan farqli o‘laroq, so‘zboshi qo‘zg‘olonning batafsil tavsifini beradi va unda imperiya inqirozining kvintessensiyasini emas, balki "mahalliy ma’muriyatning harakatsizligi, korrupsiyaning avj olgani, mahalliy feodal zodagonlar (xonlar, beklar, manaplar) va o‘z manfaatlarini ko‘zlovchi ruhoniylar, shuningdek, tashqi beqarorlashtiruvchi kuchlar"ning yig‘indisi sifatida natijasini ko‘radi.
So‘z boshida keltirilgan qo‘zg‘olon sabablari tavsilotidan ko‘rinib turibdiki, Ganin O‘rta Osiyoning imperiyaning avvalgi va urushdan keyingi sovet tarixshunosligining uzoq yillik an’analariga tayangan. Shu asnoda, uning yozishicha “O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasiga qo‘shilishi tub aholi hayotida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelgan, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuqori darajasida turgan davlatning bir qismiga aylandi”. Tahmin qilish mumkinki Ganinning talqiniga ko‘ra, mahalliy aholi o‘zining "an’anaviy turmush tarzi" va "ommaning asosiy qismi past darajadagi savodi" bilan mahalliy jamiyat faqat mustamlakachilik va katta yerlarni egallab olishdan foyda ko‘rgan. Ushbu bayonotda sobiq periferiyalarga sivilizatsiya missiyasi obyekti rolini yuklagan imperiyachilik nuqtayi nazari bilan qaralganini payqash qiyin emas.
Muallifning o‘sha qo‘zg‘olonni O‘rta Osiyo tub aholisining an’anaviy elitasi bo‘lmish “xonlar, beklar, manaplar” zimmasiga yuklamoqchi bo‘lgan oriyentalistik eslatmalarida ham mavjud. Semirechensk qirg‘izlarining qabila boshliqlari bo‘lmish manaplarni Ganinning tavsiflarida Turkiston o‘lkasi general-gubernatori Aleksey Kuropatkinning qo‘zg‘olon "rahbarlari" bo‘lgan manaplarni "bo‘rilar" bilan, qo‘zg‘olonchilarni esa "qo‘ylar to‘dasi" bilan taqqoslagan ritorikasini takrorlaydi (Rysqulov, 1991: 32). Ganinga ko‘ra manaplar "cheksiz" hokimiyatga ega bo‘lib, "o‘z vakolatlaridan shaxsiy boyitish maqsadida keng foydalanganlar". Go‘yoki mustamlakachilar ma’muriyati bilan bo‘lgan to‘qnashuv, manaplar "hokimiyatni ag‘darish" uchun "to‘xtovsiz" qo‘zg‘olonlar qilishga ularni undagan. Ganinning ta’kidlashicha, qo‘zg‘olon paytida "manaplar pulning bir qismini qurol-yarog‘ sotishdan olgan va shu tariqa janglar ularga foyda keltirgan". Loyiha veb-saytida taqdim etilgan arxiv hujjatlarining hech birida manaplar tomonidan qurol-yarog‘ sotilgani haqida gap yo‘qligi, Qirg‘iziston va Qozog‘iston arxivlarida biz o‘rgangan ko‘plab hujjatlarning hech birida bu haqda so‘z etilmagani kabi, bunga e’tibor bermaganimiz ham ma’qul. Lekin Ganinning isyonchilar agentligini inkor etgani ahamiyatlidir: “qo‘ylar ommasi”ni faqat o‘z manfaatini ko‘zlagan va buzuq elitalar yoki qo‘zg‘olonchilarni qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan va “qo‘zg‘olonni tashkil etishda ma’lum rol o‘ynagan” “xitoy” va “german-turk malaylari” boshqarishi mumkin edi”.
O‘sha keltirilgan so‘zboshidan 1916-yil qo‘zg‘oloni bo‘yicha rasmiy nuqtayi nazarni taqdim etishdan tashqari, loyihaning maqsadini tushunish imkonini ham beradi. Bu, birinchi navbatda, “bir asr avval sodir bo‘lgan fojiali voqealardan ko‘pincha siyosiy maqsadlarda foydalanishga, jinoyatchilar va qurbonlarni aniqlashga urinayotgan” “milliy o‘zlikning zamonaviy apologistlari” bilan kechadigabn qarama-qarshiligidir. Ayniqsa, dushmanlik va millatchilikdagi ayblovlar rus tadqiqotchilarining qo‘zg‘olonni bostirishni etnik tozalash yoki hatto genotsid sifatida tavsiflashga urinishlari tufayli yuzaga keldi. Albatta ularning g‘azabi juda tushunarlidir — isyonchilar tomonidan ko‘chirilgan odamlarning ommaviy o‘ldirilishi haqiqatan ham bo‘lgan. Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, qo‘zg‘olonchilar ham, jazolash qo‘shinlari ham, ko‘chirish bo‘linmalari va otryadlarining ham xatti-harakatlari etnik tozalash sifatida baholanishi mumkin, buni Kuropatkinning o‘sha veb-saytda joylashtirilgan kundaligini o‘qish orqali ko‘rish mumkin. O‘z navbatida mahalliy tadqiqotchilarga nisbatan tazyiqlar nafaqat arxiv hujjatlarining umumiy zarur ma’lumotlar bazasini yaratishda, garchi so‘zboshi bilan bo‘lsa-da, balki Rossiya hukumatining Markaziy Osiyo olimlari faoliyatiga bevosita aralashuvida ham namoyon bo‘lmoqda. Masalan, 2013-yilda Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchixonasi noma’lum bir "Vatandoshlar ittifoqi" bilan birgalikda Qirg‘izistonning yangi tarixi bo‘yicha darslikda keltirilgan qo‘zg‘olon bostirilishining "o‘ta tabiiy" talqini tufayli maktablarda foydalanishdan olib tashlanishini qat’iy talab qilgan edi (Regnum, 2013).
Bunday ichki va tashqi senzura sharoitida Markaziy Osiyoning ayrim tadqiqotchilari “taktik essenizm”ning yana bir amaliyotiga — o‘z asarlarini mahalliy tillarda nashr etishga murojaat qilishmoqda. Bu, qoida tariqasida, mintaqa tillarini bilmaydigan rossiyalik tadqiqotchilar va diplomatlarning bosimidan qochish yo‘lini beradi. Asosiysi, bu nashrlar ko‘pincha “dalada” to‘plangan mahalliy materiallarga asoslanadi. Masalan, 2017-yilda qirg‘iz tilida “Үrkүn — 100: kilimdar unutkus kirgin: Makalalar, blogdor, mayekter, eskerүүlѳr” (“Urkun — 100 yil: asrga tatigulik unutilmas qirg‘in: Maqolalar, bloglar, intervyular, xotiralar”) to‘plami nashr etildi.
Oxir oqibat, mahalliy tadqiqotchilar mehnatining qadrsizlanishi va mustamlaka ma’muriyatining oshkora shovinistik tropiklarini ko‘r-ko‘rona takrorlash muloqot va yangi tushuncha va g‘oyalarni birgalikda ishlab chiqish imkoniyatlarini kamaytiradi. Bu holat bizni Global Sharq loyihasi va Markaziy Osiyo tadqiqotchilarining unda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qilishning yakuniy nuqtasiga olib keladi. Mintaqa davlatlarining o‘z ta’sirini hanuzgacha saqlab qolayotgan metropolga qaramlik munosabatlarini hisobga olgan holda, ushbu tadqiqotchilar va ularning rossiyalik hamkasblarini "Global Sharq" doirasida birlashtirish qanchalik mumkin? Va, qoida tariqasida, "Global Sharq" mamlakatlarining milliy "essensializmlari"ni yarashtirish mumkinmi? Rossiya va Polsha o‘rtasidagi yaqinda bo‘lib o‘tgan "xotira urushlari" Vladimir Putinning Polshaning Ikkinchi Jahon urushi boshlanishidagi go‘yoki noxush salbiy roli haqidagi bayonotlari va Rossiya Mudofaa vazirligining Varshavada etnik ukrainlar va yahudiylarni o‘ldirilishida Polsha fuqarolarining ishtiroki to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarining nashr etilishi (Sovet Rossiyasi tomonidan Polshaning "kommunistik asirligi" ayblovlariga javoban) milliy narrativlarda sobiq sotsialistik blok mamlakatlari hozirda murosasiz ekanligini ko‘rsatadi (Gazeta.ru, 2020). “Global Sharq” loyihasini amalga oshirish uchun taklif qilingan “strategik essenizm” tushunchasining o‘zi ham umumiy “siyosiy loyiha” asosida safarbarlik maqsadida “farqlardan vaqtinchalik voz kechishni” nazarda tutadi (Myuller, 2018: 11). Biroq, biz Markaziy Osiyo misolida ko‘rsatganimizdek, sobiq SSSR davlatlarining milliy kun tartibi va imperiya, so‘ngra sovet institutlari va amaliyotlari bilan bog‘liq bo‘lgan ulkan makon tarixidagi markaziy voqealar talqinidagi qolgan farqlar, ko‘pincha siyosiy loyihalarning ko‘p yo‘nalishliligi sababli kelishmovchiliklardan voz kechish imkoniyatini istisno qiladi.
Xulosa
Myuller takliflarining formati akademik bo‘lsa-da, u asosan siyosiy kun tartibni o‘z ichiga oladi. Ushbu dastur o‘zining eng konsentrlangan shaklida quyidagi iborada ifodalangan: "Sharq eng yaxshi strategik essenizm sifatida konsepsiyalangan: ya’ni tarqoq va marginal guruhlarni ozodlik siyosiy loyihasi uchun yagona bayroq ostida safarbar qiladigan siyosiy amaliyotni amalga oshirish" (Myuller), 2018: 11; muayyan so‘zlar biz tomondan urg‘ulandi). Ushbu maqolaning birinchi qismida biz sobiq sotsialistik mamlakatlarning tashqi va ichki siyosatidagi mavjud markazdan qochma tendensiyalar ularning ramziy yaqinlashuviga qanday qilib yordam bermasligini kuzatdik. Albatta, bu holat barcha mamlakatlarda emas va biz barcha vaziyatlar haqida gapirmayapmiz. Postsotsialistik jamiyatlarni birlashtiradigan (bo‘lish emas) "pastdan bo‘ladigan tashabbuslar" tamoyili bo’yicha tashkil etilgan bir qator ilmiy, ijtimoiy-madaniy va siyosiy-iqtisodiy ko‘plab loyihalar mavjud. Biroq, ularni "yagona bayroq ostida" birlashtirish bizga qiyin vazifa bo‘lib tuyuladi, chunki ularning beradigan foydalari aniq emas.
Ushbu matnning ikkinchi qismida biz Markaziy Osiyo mamlakatlarida tarixni yozish va mintaqaga oid bilimlarni ishlab chiqarish hozirgi vaqtda turli manfaatlarni ko‘zlab, o‘zaro fikr bildiruvchi “tashqi” va “ichki” ishtirokchilar o‘rtasidagi ularning niyatlari ilmiy bilim yoki "haqiqatni qidirish" doirasidan tashqariga chiqishi mumkin bo‘lgan omillarga bog‘liq bo‘lgan o‘zaro ta’sir doirasi ekanligini ko‘rsatdik. Biz bu jarayonni “taktik essensializm” deb atashni taklif qildik. Myuller loyihasining ideal va yagona mavjud turi kengroq kontekstda "Global Sharq" loyihasining har bir potensial ishtirokchisining tarixi va geografiyasi o‘rni haqida erkin fikr yuritishni o‘z ichiga oladi. Markaziy Osiyoda bu erkinlik hozircha qisman bo‘lib, mafkuraviy va lingvistik filtrlardan o‘tgan erkinlik hamma uchun ham mavjud emas.
Shuningdek, biz Qozog‘iston va Qirg‘iziston misollaridan foydalanib, postsotsialistik mamlakatlarning mavjud tarixiy narrativlari o‘ziga xos siyosiy jarayonlarning bir qismi ekanligini ko‘rsatdik. Ushbu narrativlar ko‘pincha ambivalent va bir-biriga ziddir. Biroq, aksariyat hollarda, suverenitetni qo‘lga kiritish va milliy tarixni yozish qobiliyati shubha ostiga olinmaydi va muhim tarixiy bosqich sifatida qabul qilinadi. Bunday vaziyatda transmilliy yondashuvning afzalliklari (va ramziy geografiyani qayta ko‘rib chiqish) har doim ham manfaatdor ishtirokchilar bilan tirgaklanmaydi. Tarixchining vazifasi turli xil siyosatlarning o‘zaro ta’siri va o‘zaro qurilishini o‘rganish bo‘lsa, milliy davlatning konseptual asoslarini loyqalash foydali bo‘lishi mumkin va ma’lum voqealarni oqlash yoki o‘tmish yordamida hozirgi kunga ta’sir qilish uchun teleologik istak bo‘lmasligi kerak. "Strategik essensializm" hali o‘z tarafdorlarini topa olmasa, "taktik essensializm" allaqachon tadqiqot va siyosiy amaliyotining mustahkam o‘rniga ega bo‘lgan.
Shu bilan birga, Myullerning postsotsialistik tadqiqotlar amaliyotiga transmilliy yondashuvni kiritish haqidagi taklifi biz uchun foydali ko‘rinadi. Markaziy Osiyoga nisbatan mintaqani o‘rganishda transmilliy burilish allaqachon boshlangan. Mavjud tadqiqotlar mintaqani 19-asr o‘rtalaridan boshlab imperiya narrativlari ta’siri ostida rivojlangan global jarayonlarning periferik ishtirokchisi sifatida idrok etishni shubha ostiga qo‘yadi. Hozirgi vaqtda mintaqaning tarixshunosligi mahalliy institutlar, amaliyotlar va jamoalarning global jarayonlarga jalb qilish nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bundan kelib chiqsak, bizning fikrimizcha, Myullerning takliflari, bir tomondan, Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo tadqiqotlari tajribasini shu yo‘nalishda hisobga olgan holda, o‘z loyihasiga nisbatan transmilliy yondashuvni aniqroq ifodalashdan foyda keltiradi deb hisoblaymiz. Boshqa tomondan, sotsialistik davrga e’tibor qaratish muallifga ushbu yondashuvning to‘liq imkoniyatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi.
Postsovet tadqiqotchilarining global bilim ishlab chiqarishiga asl (deklarativ emas) qo‘shilishi vaqt, kuch va ehtimol, mahalliy tadqiqotchilarning global akademiyaga integratsiyalashuvi uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratishni talab qiladi. Markaziy Osiyo uchun bu shartlardan biri bevosita mintaqada o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlar bo‘lishi mumkin. ASEEES (Slavyan, Sharqiy Yevropa va Yevroosiyo tadqiqotlari assotsiatsiyasi) va CESS (Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari jamiyati) tomonidan o‘tkaziladigan mintaqaviy konferensiyalar va seminarlar kelgusi konferensiyalarga misol bo‘la oladi. Ushbu ilmiy tashkilotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bunday tadbirlar mahalliy ishtirokchilarning katta qismini jalb qiladi. O‘z ishlarini taqdim etish imkoniyatidan tashqari, ular ishtirokchilarni potensial noshirlar va ish beruvchilar bilan tanishtiradilar va yangi tadqiqotlar nashr etilishini rag‘batlantiradilar. Oxir oqibat, mahalliy olimlar mintaqani tark etmasdan turib o‘zlarining ilmiy jamoalarining ichki chegaralaridan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Inklyuzivlik sari "pastdan" bo‘lgan yana bir qadam arxiv hujjatlarini saqlash, tarjima qilish va mahalliy tillarda nashr etish, kengroq aytganda, manbaga munosabatni qayta ko‘rib chiqish xizmat qilishi mumkin. O‘rta Osiyoda mahalliy fanlar akademiyalari arxivlarida og‘zaki tarixga oid ko‘plab stenogrammalar, davlat va xususiy arxivlarda diniy muassasalarga oid qo‘lyozma hujjatlarning boy qatlami saqlanib qolganiga qaramay, og‘zaki tarix va diniy hujjatlar to‘plamlariga hanuzgacha ikkinchi darajali manba sifatida qaralmoqda. Ushbu hujjatlar nafaqat mintaqa tadqiqotchilariga turli aktorlarning harakatlarini tushunish va ularni global kontekstda joylashtirishga yordam beradi, balki mintaqa hayotining tadqiqotchilar uchun uzoq vaqtdan beri marginal bo‘lib kelgan ijtimoiy-madaniy jihatlarini yaxshiroq yoritib beradi. Jumladan, 2014-yilda rus tilida nashr etilgan qozoq hukmdorlari bilan Sin va Rossiya imperiyalari, shuningdek, jung‘or va qalmiq xonlari bilan yozishmalarining ikki jildlik to‘plami tadqiqotchilarga Qozoq cho‘li qozoq xonliklariga nafaqat Rossiya imperiyasining subyektlari, balki xalqaro munosabatlar va diplomatiyaning mustaqil subyektlari sifatida qarash imkonini beradi (Erofeyeva, 2014). Qirg‘iz dostonlari qo‘lyozmalarining tarjimasi va nashr etilishi mintaqaning 19-asrdagi ijtimoiy tarixi va 1916-yil qo‘zg‘oloni bostirilgandan keyin Xitoyga majburan surgun qilinish tajribasini aniqroq tushunish imkonini beradi (Prior, 2013, 2019). Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, “Global Sharq” loyihasi doirasida postsovet makonidagi mamlakatlarni o‘rganishga yangicha yondashish chaqirig‘i o‘z vaqtida bo‘lgan, ammo unda erishilmoqchi bo‘lgan maqsadlar, ehtimol, bu yondashuvga aylansa, agar bu yondashuv “yagona bayroq ostida” umumiy safarbarlik urinishi emas, balki uning ishtirokchilari tashabbuslarining yig‘indisiga aylansa, yanada samarali amalga oshiriladi.
Adabiyotlar
Абдалиева Г. (2016). 1916: Улуу Уркундун тарыхый барактарына кылчаюу. URL: https://www.azattyk.org/a/kyrgyz_1916_uprising_and_exodus_by_ abdalieva/27734883.html (дата доступа: 10.03.2020).
Аккулы С. (2010). Таможенный союз — это второй Европейский союз или попытка восстановить СССР. URL: https://rus.azattyq.org/a/custom_union_kazakhstan_ russia_belarus/2101963.html (дата доступа: 30.04.2020).
Аманжолова Д. (2009). На изломе: Алаш в этнополитической истории Казахстана. А.: Таймас.
Аяган Б. (ред.). (2012). Голод в Казахстане: трагедия народа и уроки истории: Сборник материалов Международной научной конференции. Астана: Министерство образования и науки Республики Казахстан.
Бисенова А., Медеуова К. (2016а). O проблемах региональных исследований в/по Центральной Азии // Антропологический форум. № 28. С. 35–39.
Бисенова А., Медеуова К. (2016б). Давление метрополий и тихий национализм академических практик // Ab Imperio. № 4. P. 207–255.
Броневицкая A. и др. (2018). Алма-Ата: архитектура советского модернизма, 1955– 1991: Справочник-путеводитель. М.: Гараж. Габдуллин Б. (2015). Великое кочевье: о тех, кто строил государство Казахстан: Исторические эссе. А.: Хантәңірі.
Галузо П. (1929). Восстание 1916 г. в Средней Азии // Красный Архив. Т. 34. С. 39–94.
Ганин А. (2008). Последняя полуденная экспедиция Императорской России: Русская армия на подавлении туркестанского мятежа 1916–1917 гг. // Русский сборник: исследования по истории России. Т. 5. М.: Модест Колеров. C. 152–214.
Горшенина C. (2007). Извечна ли маргинальность русского колониального Туркестана, или Войдет ли постсоветская Средняя Азия в область Post-Исследований // Ab Imperio. № 2. P. 209–258.
Горшенина С. (2019). Изобретение концепта Средней/Центральной Азии: между наукой и геополитикой. Вашингтон: Университет Джорджа Вашингтона.
Демина Н. (2020). Олимпийские игры социогуманитариев (новости РАН). URL: http://www.sib-science.info/ru/news/olimpiyskie-nauchnye-17022020/ (дата доступа: 29.04.2020).
Ерофеева Т. (ред.). (2014). Эпистолярное наследие казахской правящей элиты 1675–1821 годов. А.: АБДИ Компани. Исмагамбетов Т. (2018). Нациестроительство в Казахстане: между казахстанским народом и нацией. URL: https://caa-network.org/archives/13450/ (дата доступа: 29.04.2020).
Исторический факультет МГУ (2015). Международная научно-практическая конференция «К 100-летию восстания в Туркестане 1916 г.». URL: http://www.hist. msu.ru/about/gen_news/7893/ (дата доступа: 17.03.2020).
Киндлер Р. (2017). Сталинские кочевники: власть и голод в Казахстане. М.: Росспэн.
Котляков В., Шупер В. (ред.). (2019). Россия в формирующейся большой Евразии. М.: Кодекс.
Котюкова Т. (2016). Восстание 1916 года в Туркестане: документальные свидетельства общей трагедии: Сборник документов и материалов. М.: Марджани.
Козыбаев М., Абылхожин Ж., Алдажуманов К. (1992). Коллективизация в Казахстане: трагедия крестьянства. А.: Академия наук Республики Казахстан.
Кудабаев З., Гийо М., Денисенко М. (2004). Население Кыргызстана. Бишкек: Национальный статистический комитет Кыргызской Республики.
Кудайбергенова Д. и др. (2019). Когда «поле» — твой дом: о феминистской субъектности в Центральной Азии. URL: https://www.opendemocracy.net/ru/kogda-poletvoi-dom-ru/ (дата доступа: 22.04.2020).
Иванов И. С. (ред.). (2013). Интересы России в Центральной Азии: содержание, перспективы, ограничители. М.: Спецкнига.
Лолаева С., Рябов А. (2009). Средняя Азия в русском и российском восприятии // Неприкосновенный запас. № 4. С. 165–174.
Масанов Н., Ерофеева И., Абылхожин Ж. (2007). Научное знание и мифотворчество в современной историографии Казахстана. Алматы: Дайк-Пресс.
Моррисон А. (2016). Центральная Азия: Вспоминая и анализируя восстание 1916 года. URL: https://russian.eurasianet.org/node/63501/ (дата доступа: 20.04.2020).
Моррисон А. (2017). Центральная Азия: «Великий шелковый путь» и «Большая игра» — лишь мифы, далекие от реальности. URL: https://russian.eurasianet.org/ node/64596/ (дата доступа: 22.04.2020).
Ремнев А. (2011). Колониальность, постколониальность и «историческая политика» в современном Казахстане // Ab Imperio. № 1. С. 169–205.
Рубцов А. (2016). Мифология величия: как в России воскрешается имперская идея. URL: https://www.rbc.ru/opinions/society/26/02/2016/56cfe95f9a7947ed925e57de/ (дата доступа: 19.03.2020).
Рыскулов Т. (1991). Восстание киргизов и казахов в 1916 году. Бишкек: Учкун.
Сыдыков Е. (ред.). (2014). Голод 1930-х годов в Украине и Казахстане: вопросы историографии и подходы к исследованию проблемы: Сборник материалов выступлений, докладов и сообщений участников Международной научно-методической конференции. Астана: ЕНУ им. Л. Н. Гумилева.
Сыдыков Е. (2012). Тяжелая страница в судьбе народа. URL: https://www.enu.kz/ rector-blogy/zapisi/12131/ (дата доступа: 30.03.2020).
Тренин Д. (2019). Культурная карта российской геополитики: возможная стратегия Москвы в Большой Евразии. URL: https://carnegie.ru/2019/02/11/ru-pub-78328/ (дата доступа: 29.03.2020).
Фахрутдинов Ш. (2020). Польша следует конъюнктуре: Москва осудила пересмотр истории. URL: https://www.gazeta.ru/army/2020/01/17/12914978.shtml (дата доступа: 28.03.2020).
Федеральное архивное агентство (2020). События в Семиречье 1916 года по документам российских архивов. URL: http://semirechye.rusarchives.ru/ (дата доступа: 10.03.2020).
Чокобаева А. (2017). Красные кыргызы: советская историография восстания 1916 года // Мамедов Г., Шаталова О. (ред.). Понятия о советском в Центральной Азии. Б.: Штаб Пресс. С. 50–76.
Чухович Б. (2019). Заповедник (к археологии музеефицирования в градостроительстве Узбекистана). URL: https://caa-network.org/archives/14980/ (дата доступа: 01.04.2020).
Эткинд А. (2013). Внутренняя колонизация: имперский опыт России. М.: Новое литературное обозрение.
Regnum (2013). Посольство РФ и Союз соотечественников требуют запрета учебника «История Кыргызстана: XX–XXI века» (2013). URL: https://regnum.ru/news/ society/1625821.html (дата доступа: 02.04.2020).
Abashin S., Jenks A. (2015). Soviet Central Asia on the Periphery // Kritika: Explorations in Russian and Eurasian History. Vol. 16. № 2. P. 359–374.
Adams L. (2008). Can We Apply a Postcolonial Theory to Central Asia? // Central Eurasia Studies Review. Vol. 7. № 1. P. 2–8. Aga Khan Development Network (2016). University of Central Asia Opens Its First Campus as Part of Broad Commitment to Fostering Social and Economic Development. URL: https://www.akdn.org/press-release/university-central-asia-opens-its-firstcampus-part-broad-commitment-fostering-social/ (дата доступа: 30.03.2020).
Aird J. S. (1968). Estimates and Projections of the Population of Mainland China: 1953– 1986. US Department of Commerce. Ambrosio T. (2017). Russia’s Ukraine Intervention and Changes to American Perceptions of the Russian Threat: Executive Branch Testimony to the House and Senate Armed Services Committees, 2008–2016 // Journal of Global Security Studies. Vol. 2. № 2. P. 104–122.
Akerman J. R. (2017). Decolonizing the Map. Chicago: University of Chicago Press. Artz L., Murphy B. O. (2000). Cultural Hegemony in the United States. L.: SAGE.
Azizov U. (2017). Regional Integration in Central Asia: From Knowing-that to Knowinghow // Journal of Eurasian Studies. Vol. 8. № 2. P. 123–135.
Babiš A. (2019). Speech by Prime Minister of the Czech Republic at the General Debate of the 74th Session of the General Assembly of the UN, 25 September 2019. URL: https:// www.vlada.cz/en/clenove-vlady/premier/speeches/speech-by-prime-minister-of-theczech-republic-at-the-general-debate-of-the-74th-session-of-the-general-assemblyof-the-un-176391/ (дата доступа: 08.03.2020).
Blair T. (2004). The Prime Minister’s Speech to the European Bank for Reconstruction and Development Annual Meeting in London. URL: https://www.theguardian.com/ world/2004/apr/19/eu.tonyblair/ (дата доступа: 28.03.2020).
Braudel F. (1979). Afterthoughts of Material Civilization and Capitalism. Baltimore: Johns Hopkins University Press. Brophy D. (2016). Uyghur Nation: Reform and Revolution on the Russia-China Frontier. Cambridge: Harvard University Press.
Brower D. (2003). Turkestan and the Fate of the Russian Empire. L.: Routledge. Bulough O. (2014). Vladimir Putin: The Rebuilding of «Soviet» Russia. URL: https://www. bbc.com/news/magazine-26769481/ (дата доступа: 22.02.2020).
Cameron D. (2007). Post-Communist Democracy: The Impact of the European Union // Post-Soviet Affairs. Vol. 23. № 3. P. 185–217.
Cameron S. (2018). The Hungry Steppe: Famine, Violence, and the Making of Soviet Kazakhstan. Ithaca: Cornell University Press.
Chioni-Moore D. (2001). Is the Post- in Postcolonial the Post- in Post-Soviet? Toward a Global Postcolonial Critique // PMLA. Vol. 116. № 1. P. 111–128.
Chokobaeva A. (2014). Born for Misery and Woe: National Memory and the 1916 Great Revolt in Kyrgyzstan // Omelicheva M. (ed.). Nationalisms and Identity Construction in Central Asia: Dimensions, Dynamics, and Directions. Lanham: Rowman and Littlefield. P. 37–51.
Chokobaeva A., Drieu C., Morrison A. (eds.). (2019). The Central Asian Revolt of 1916: A Collapsing Empire in the Age of War and Revolution. Manchester: Manchester University Press.
Chukhovich B. (2014). Orientalist Modes of Modernism in Architecture: Colonial/Postcolonial/Soviet // Études de Lettres. Vol. 296. № 2–3. P. 263–293.
Clare K. G. et al. (1968). Area Handbook for the Republic of Korea. Washington: Foreign Area Studies.
Cohen R., Radin A. (2019). Russian’s Hostile Measures in Europe: Understanding the Threat. Santa Monica: RAND Corporation.
Dadabayev T. (2010). Discourses on Integration in Central Asia: From Rhetoric to Practice // Regional Cooperation in Central Asia: Obstacles, Incentives and Proposals. Madrid: Fundación Alternativas. P. 25–34.
ESPON (2017). Inner Peripheries: National Territories Facing Challenges of Access to Basic Services of General Interest. URL: https://www.espon.eu/sites/default/files/attachments/D5%20Final%20Report%20PROFECY.pdf (дата доступа: 10.03.2020).
Gille S. (2016). Paprika, Foie Gras, and Red Mud: The Politics of Materiality in the European Union. Bloomington: Indiana University Press.
Hale D., Hale L. H. (2003). China Takes Off // Foreign Affairs. Vol. 2. № 6. P. 36–53.
Hofman A. (2000). The Economic Development of Latin America in the Twentieth Century. Cheltenham: Edward Elgar.
Holquist P. (2001). To Count, to Extract, and to Exterminate: Population Statistics and Population Politics in Late Imperial and Soviet Russia // Suny R., Martin T. (eds.). A State of Nations: Empire and Nation-Making in the Age of Lenin and Stalin. Oxford: Oxford University Press. P. 111–144.
Iliffe J. (2007). Africans: The History of a Continent. Cambridge: Cambridge University Press.
International Monetary Fund (2019). World Economic Outlook Database: October 2019. URL: https://www.imf.org/external/pubs/ft/weo/2019/02/weodata/index.aspx (дата доступа: 25.03.2020).
Kalinovsky A. (2018). Laboratory of Socialist Development: Cold War Politics and Decolonization in Soviet Tajikistan. Ithaca: Cornell University Press. Kuhrt N. (2014). Russia and Asia-Pacific: From «Competing» to «Complementary» Regionalisms? // Politics. Vol. 34. № 2. P. 138–148.
Lee K. Y. (1998). The Singapore Story: Memoirs of Lee Kuan Yew. Vol. 1. Singapore: Times Edition.
Levi S. (2017). The Rise and Fall of Khoqand, 1709–1876: Central Asia in the Global Age. Pittsburgh: University of Pittsburgh Press.
Matveeva A. (2013). Russia’s Changing Security Role in Central Asia // European Security. Vol. 22. № 4. P. 478–499.
Mignolo W. (2014). The North of the South and the West of the East: A Provocation to the Question // IBRAAZ. November 6. URL: https://www.ibraaz.org/essays/108/ (дата доступа: 25.03.2020).
Müller M. (2018). In Search of the Global East: Thinking between North and South // Geopolitics. Vol. 25. № 3. P. 734–755.
Müller M. (2019). Goodbye Postsocialism! // Europe-Asia Studies. Vol. 71. № 4. P. 533–550.
Pannier B. (2010). Turkmenistan to Spend Billions on Construction before 20th Anniversary. URL: https://www.rferl.org/a/Turkmenistan_To_Spend_Billions_On_Construction_Before_20th_Anniversary/1940093.html (дата доступа: 20.02.2020).
Petitjean, P., Jami C., Moulin A. M. (eds.). (1992). Science and Empires: Historical Studies about Scientific Development and European Expansion. Berlin: Springer.
Pianciola N. (2017). Stalinist Spatial Hierarchies: Placing the Kazakhs and Kyrgyz in Soviet Economic Regionalization // Central Asian Survey. Vol. 36. № 1. P. 73–92.
Prior D. (2019). A Qırghız Verse Narrative of Rebellion and Exile by Musa Chaghatay uulu // Chokobaeva A., Drieu C., Morrison A. (eds.). The Central Asian Revolt of 1916: Rethinking the History of a Collapsing Empire in the Age of War and Revolution. Manchester: Manchester University Press.
Prior D. (2013). The Šabdan Baatır Codex: Epic and the Writing of Northern Kirghiz History. Leiden: Brill.
Pop-Eleches G., Robertson G. (2014). Democracy and Regime Change in the Global South: Causes and Trends // Leibfried S. Huber, E., Lange M., Levy J. D., Stephens J. D. (eds.). The Oxford Handbook of Transformations of the State. Oxford: Oxford University Press.
Rakhimov M. (2010). Internal and External Dynamics of Regional Cooperation in Central Asia // Journal of Eurasian Studies. Vol. 1. № 2. P. 95–101.
Sabzalieva E. (2015). Challenges in Contemporary Higher Education in Kyrgyzstan, Central Asia // Perspectives: Policy and Practice in Higher Education. Vol. 19. № 2. P. 49–55.
Sabzalieva E. (2017). The Policy Challenges of Creating a World-Class University outside the Global «Core» // European Journal of Higher Education. Vol. 7. № 4. P. 424–439.
Saparbekova A., Kocourková J., Kučera T. (2014). Sweeping Ethno-demographic Changes in Kazakhstan during the 20th Century: A Dramatic Story of Mass Migration Waves. Part 1: From the Turn of the 19th Century to the End of the Soviet Era // AUC Geographica. Vol. 49. № 1. P. 71–82.
Sartori G. (1970). Concept Misformation in Comparative Politics // American Political Science Review. Vol. 64. № 4. P. 1033–1053.
SCImago Research Group (2019). SCImago Institutions Rankings. URL: https://www.scimagoir.com/rankings.php?year=2013/ (дата доступа: 12.03.2020).
Segal G. (1999) Does China Matter? // Foreign Affairs. Vol. 78. № 5. P. 24–36.
Shelekpayev N. (2019). Whose Master Plan? Kisho Kurokawa and «Capital» Planning in Post-Soviet Astana, 1995–2000 // Planning Perspectives. Vol. 35. № 3. P. 505–523.
Shelekpayev N. (2018). Astana as Imperial Project: Kazakhstan and its Wandering Capital City in the 20th Century // Ab Imperio. № 1. P. 157–189.
Sjursen H. (2006). Questioning EU Enlargement: Europe in Search of Identity. London: Routledge.
Smele J. (2015). The «Russian» Civil Wars, 1916–1926. Ten Years That Shook the World, Oxford: Oxford University Press. Sokol E. (1954). The Revolt of 1916 in Russian Central Asia. Baltimore: Johns Hopkins University Press. Stronski P. (2018). Integration Without Liberation in Central Asia. URL: https://carnegieendowment.org/2018/12/29/integration-without-liberation-in-central-asiapub-78160/ (дата доступа: 30.03.2020).
Tasar E. (2017). Soviet and Muslim: The Institutionalization of Islam in Central Asia. Oxford: Oxford University Press.
Tlostanova M. (2015). Can the post-Soviet think? // Intersections: East European Journal of Society and Politics. Vol. 1. № 2. P. 38–58.
Trichet J.-C. (2004). EU Enlargement: Challenges and Opportunities. URL: https:// www.ecb.europa.eu/press/key/date/2004/html/sp041027.en.html (дата доступа: 08.03.2020).
Trubina E. et al. (2020). A Part of the World or apart from the World? The Postsocialist Global East in the Geopolitics of Knowledge. Unpublished manuscript.
Uyama T. (2001). Two Attempts at Building a Qazaq State: The Revolt of 1916 and the Alash Movement // Dudoignon S., Komatsu H. (eds.). Islam in Politics in Russia and Central Asia: Early Eighteenth to Late Twentieth Centuries. L.: Kegan Paul. P. 77–98.
Wallerstein I. (1979). The Capitalist World Economy. Cambridge: Cambridge University Press.
Zhou P., Leydesdorff L. (2005). The Emergence of China as a Leading Nation in Science // Research Policy. Vol. 35. № 1. P. 83–104.