Donate
Society and Politics

"Tarjima va Tanqid" tashabbusi: Debocha

Tarjima va Tanqid02/06/24 09:21924

UZB/ENG/RUS

UZB

Assalomu alaykum. Biz, bir guruh O‘zbekiston vatandoshlari, "Tarjima va Tanqid" nomli eksperimental tashabbusimiz boshlanganini e’lon qilishdan mamnunmiz. Ushbu tashabbusning maqsadi xorijiy ijtimoiy-gumanitar adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, shuningdek, ularni tanqidiy ko‘rib chiqish orqali o‘zbekzabon jamoatchilik maydonida ijtimoiy-siyosiy munozaralarni chuqurlashtirishdan iborat.

Ijtimoiy-gumanitar adabiyotlar haqida gap ketar ekan, biz birinchi navbatda ikkita mezonga javob beradigan matnlarni nazarda tutamiz: akademik va O‘zbekistonga, shuningdek, kengroq qilib aytganda, postsovet hududlariga tegishli matnlar. Akademik bo‘lmagan va ko‘rsatilgan geografik chegaralardan tashqaridagi matnlarni tarjima qilish bekor qilinmaydi, ammo birinchi damda yuqorida ko‘rsatilgan ikkita mezonga e’tibor qaratilishi muhim, deb topdik.

Tashabbusning keyingi rivojlanish dinamikasiga qarab, biz matnlarni nafaqat tarjima qilish, balki tanqidiy ko‘rib chiqishga ham intilamiz: vazifa "tashqi" bilimlarni shunchaki ko‘r-ko‘rona o‘zlashtirish emas, balki o‘zbek tilida so‘zlashadigan jamoatchilik maydonida tashqi nazardan ichki tanqidiy refleksiyani kengaytirish uchun foydalanishdir.

Tashabbus eksperimental, norasmiy, jamoaviy va ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib, syg.ma loyihasi va portali doirasida amalga oshiriladi. Matnlar ham syg.ma saytida nashr etib boriladi. Saytning tahririyat siyosatiga ko‘ra, har kim o‘z tarjimalari va maqolalarini matnlarga aniq talablarsiz nashr etishi mumkin. Biz sizni, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishilarni, o‘z matnlaringizni nashr etish uchun saytdan foydalanishga chaqiramiz. Shu bilan birga, "Tarjima va Tanqid" tashabbusi doirasida, biz matnlarni tarjima qilish bo‘yicha ishlarni tahririy muvofiqlashtirish va har yili tarjima ro‘yxatlarini tuzish bilan shug‘ullanamiz. Bu etarli miqdordagi dastlabki matnlarni to‘plash uchun zarur qadam, deb hisoblaymiz. Agar siz ushbu tashabbusning bir qismi bo‘lishni xohlasangiz va ilmiy, ijtimoiy-gumanitar matnlarni tarjima qilishda ishtirok etishni istasangiz, biz bilan bog‘laning va tashabbusning bir qismi bo‘ling.

Bu yil nashr etiladigan matnlar asosan tarjimonlarning tanlovini aks ettiradi, ammo shunga qaramay umumiy xususiyatga ega: ularning barchasi muayyan darajada jamoatchilikda hukmron turli narrativlarni shubha ostiga olishga urinadi. Keyingi yillarda matnlar ma’lum bir mavzuga bag‘ishlanadi va yuqorida sanab o‘tilgan mezonlarga bo‘ysunadi. Bizni kuzatib boring.

„Tarjima va Tanqid“ tashabbusi guruhi

 
ENG

Assalomu alaykum. We, a group of citizens from Uzbekistan, are pleased to announce the launch of our experimental initiative called "Tarjima va Tanqid“ (Translation and Critique). The aim of this initiative is to deepen socio-political discussions in the Uzbek-speaking public space by translating foreign social science and humanities literature into Uzbek and critically engaging with it.

When we talk about social science and humanities literature, we refer primarily to texts that meet two criteria: academic rigor and relevance to Uzbek, as well as the broader post-Soviet space. Translating non-academic texts and those outside this geographical scope is not excluded; however, initially, we find it important to focus on the two criteria mentioned above.

Depending on the further development of the initiative, we will also strive for critical engagement with the texts: the goal is not to uncritically absorb "external" knowledge just because it is "scientific" and authoritative, but to use external perspectives to expand our capacity for critical reflection within the Uzbek-speaking public space.

The initiative is experimental, informal, collective, and voluntary in nature, and it is implemented within the framework of the syg.ma project, where all texts will be published. According to the site’s editorial policy, anyone can publish their translations and articles without specific requirements for the texts. We encourage you, the Uzbek-speaking community, to start using the site to publish your texts. At the same time, within the framework of the "Tarjima va Tanqid" initiative on syg.ma, we will coordinate editorial work on text translations and compile annual lists for translation. We find this necessary to initially accumulate a sufficient number of translations. If you are interested in becoming part of this initiative and would like to translate texts from foreign languages, contact us and become part of the initiative.

The texts that will be published this year reflect the preferences of the translators themselves but still share a common denominator: they all, in one way or another, question the dominant narratives in the public space. In subsequent years, the texts will be dedicated to specific themes and adhere to the above-mentioned criteria. Stay tuned.

„Tarjima va Tanqid“ initiative group


RUS


Ассалому алайкум. Мы, группа соотечественников из Узбекистана, рады объявить о начале нашей экспериментальной инициативы под названием „Tarjima va Tanqid“ (Перевод и Критика). Цель данной инициативы — углубление общественно-политических дискуссий в узбекоязычном публичном пространстве путём перевода иностранной социо-гуманитарной литературы на узбекский язык и её критического осмысления.

Говоря о социо-гуманитарной литературе, мы имеем в виду тексты, соответствующие двум критериям: академичность и актуальность для узбекистанского, а также, шире, постсоветского пространства. Перевод текстов неакадемического характера и за пределами указанного географического горизонта не исключается, однако на первых порах, как минимум, нам представляется важным сконцентрироваться именно на двух вышеуказанных критериях.

В зависимости от дальнейшей динамики развития инициативы, мы будем стремиться также к критическому осмыслению текстов: задача состоит не в том, чтобы некритично усваивать «внешнее» знание только потому, что оно «научное» и авторитетное, а в том, чтобы использовать внешний взгляд для расширения способности к критической рефлексии внутри узбекоязычного публичного пространства.

Инициатива имеет экспериментальный, неформальный, коллективный и добровольный характер и реализуется в рамках проекта syg.ma, где все тексты будут публиковаться. Согласно редакционной политике сайта, каждая и каждый может публиковать свои переводы и статьи без конкретных требований к текстам. Мы призываем вас, людей узбекоговорящего пространства, начать использовать сайт для публикации своих текстов. Вместе с тем, в рамках инициативы «Tarjima va Tanqid» внутри syg.ma мы будем вести редакционную координацию работы по переводам текстов и ежегодно составлять списки для перевода. Нам это представляется необходимым для первоначального накопления достаточного количества переводов. Если вы заинтересованы в том, чтобы стать частью этой инициативы и хотели бы переводить тексты с иностранных языков, обращайтесь к нам и становитесь частью инициативы.

Тексты, которые будут опубликованы в этом году, отражают предпочтения самих переводчиков, но тем не менее имеют общий знаменатель: все они так или иначе ставят под сомнение доминирующие в публичном пространстве различные нарративы. В последующие годы тексты будут посвящены определённой тематике и подчиняться указанным выше критериям. Оставайтесь с нами.

Инициативная группа „Tarjima va Tanqid“

Author

Muhammad Diyor Imomnazar
2
Share

Building solidarity beyond borders. Everybody can contribute

Syg.ma is a community-run multilingual media platform and translocal archive.
Since 2014, researchers, artists, collectives, and cultural institutions have been publishing their work here

About